Bosh

Diqqat yangilik!

HURMATLI SAYTIMIZ MEHMONLARI!

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2017 yil 13 dekabrda o'tkazilgan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi va uning tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish ishlari natijadorligi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g`risidagi yig`ilishda berilgan topshiriqqa muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Yo'l xaritasi ishlab chiqildi. Bosh vazirning birinchi o'rinbosari A.J.Ramatov tomonidan muhofaza zonalarida va qizil chiziqlarga tutash hududlarda obyektlarni joylashtirish mezonlari zamonaviy talablar asosida qayta ko'rib chiqish bo'yicha tasdiqlangan Yo'l xaritasi 6-bandida O'zdavtemiryo'lnazorat inspeksiyasiga O'zbekiston temir yo'llari aksiyadorlik jamiyati hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ajratilgan mintaqa va sanitariya-himoya (muhofaza) zonalarida uy-joy va mulk obyektlarini qurishni ta`qiqlovchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish topshirilgan. Mazkur topshiriqni o'z vaqtida va samarali bajarish maqsadida O'zdavtemiryo'lnazorat inspeksiyasi boshlig`i boshchiligida ishchi-guruh hamda jadval-rejasi tuzilgan. Unga muvofiq inspeksiya xodimlari hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qilinadigan ishlar ko'lami aniq muddatlari bilan taqsimlangan. 
Ayni paytda ishchi-guruh o'ziga yuklangan vazifalarni belgilagan tartibda bajarishga kirishgan va muntazam axborot almashinuvi hamda qat'iy nazorat olib borilmoqda. Loyihadan hayotga tadbiq etishdan ko'zlangan asosiy maqsad temir yo'l transporti muhofaza zonalari va ajratilgan mintaqa chegaralaridagi temir yo'l transporti yerlarining o'lchamini, ulardan foydalanish tartibotini o'rnatishning, shuningdek, temir yo'llarning sanitariya-himoya (muhofaza) zonalarida va ajratilgan mintaqalarda turar joy binolari hamda mulkiy obyektlarni qurishga ta'qiqlar o'rnatishni ko'zda tutuvchi yagona tartibni belgilash.
Qaror loyihasining kuchga kirishi rejalashtirilayotgan sanasi - 2018 yil 1-dekabr.
Qaror loyihasining ishlab chiquvchisi O`zdavtemiryo`lnazorat davlat inspeksiyasi tomonidan Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davyergeodezkadastr, Davlat ekologiya qomitasi, Davlat raqobat qomitasi va O`zbekiston temir yo`llari AJ bilan hamkorlikda.
Inspeksiya tomonidan taklif va mulohazalarni qabul qilish muddati YIDXP ga joylashtirilgan kundan etiboran 15 kun davomida 2018 yil 7 iyungacha.


Qaror loyihasi bilan quyida keltirilgan havolaga otib tanishishingiz mumkin (hujjatlar rus tilida):

1.Qaror loyihasi;
2.Qarorga 1-ilova (Nizom)
3.Tushuntirish xati

 

 

2

Biz haqimizda

3

Interaktiv hizmatlari

4 Normativ hujjatlar 1 Muloqot ma'lumotlari