Bizga yozing
Bosh > Interativ hizmatlar >Bizga yozing
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi 17.07.2015

Email: info(Собака)rwnadzor.uz

Tez xat yozish shakli

«O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini ko'rib chiqish ishlarini tashkillashtirish bo'yicha Nizom»ni tasdiqlash haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli "Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash xaqida"gi qaroriga muvofiq buyuraman:
    1. "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2014 yil 25 dekabrdagi 171-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini ko'rib chiqish ishlarini tashkillashtirish bo'yicha Nizom» ilovaga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlansin.     2. Markaziy apparat bo'lim boshliqlariga, xududiy filiallariga, inspektorlarga, inspeksiyaning barcha ta'luqli xodimlariga:
ushbu yangi tahrirdagi Nizom talablarini og'ishmay bajarish ta'minlansin; zarur holatda bo'limlarning normativ hujjatlari (bo'limlar xaqida Nizomlar, tegishli xodimlarning lavozim yo'riqnomaviy kartochkalari va b.) ko'rsatib o'tilgan tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirilsin.
    3. Inspeksiya boshlig'ining 2014 yil 25 dekabrdan 171-sonli «O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga kelib tushgan fuqorolaraning murojatlarini ko'rib chiqish ishlarini tashkillashtirish bo'yicha Nizom»ni tasdiqlash to'g'risidagi buyrug'i o'z kuchini yo'qotgan deb xisoblansin.
    4. Inspeksiya devonxonasi ushbu buyruq va uning ilovasi bilan inspeksiyaning markaziy apparati va xududiy filiallari xodimlarini tanishtirsin.
    5. Mazkur buyruq imzolangan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
    6. Ushbu buyruqni nazoratini o'zimda qoldiraman.

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini ko'rib chiqish ishlarini tashkillashtirish bo'yicha Nizom

I. Umumiy qoidalar

    1. Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risda"gi qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli "Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash xaqida"gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga (bundan buyon matnda inspeksiya deb yuritiladi) kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) ko'rib chiqish ishlarini tartibga solishni, ular bilan inspeksiyada ish yuritishni belgilaydi.
Ushbu Nizom ichki lokal hujjat bo'lib, inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy filallari xodimlariga tatbiq etiladi.
    2. Murojatlar bo'yicha ishlarni tashkil qilish, ularni ko'rib chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdan O'RQ-378-sonli "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli "Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash xaqida"gi qarori, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek ushbu Nizom talablari asosida belgilangan tarzda tartibga solinishi kerak.
    3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o'z ichiga olgan murojaat;
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to'g'risidagi talab bayon etilgan murojaat;
anonim murojaat – jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar yoki yuridik shaxsning to'liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoxud ular xaqida yolg'on ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;
murojaatning dublikati – aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;
takroriy murojaat – avvalgi murojaatlar bo'yicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko'rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo'lsa, avvalgi murojaat o'z vaqtida ko'rib chiqilmaganligi xaqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;
elektron murojaat – elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo'lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.
    4. Murojaatlar og'zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin. "Ishonch telefoni"ga kelib tushgan murojaatlar og'zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro'yxatga olinadi va ko'rib chiqiladi. "O'zdavtemiryo'lnazorat" inspeksiyasi rasmiy veb-sayti yoki rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to'g'risidagi Nizom hamda inspeksiya boshlig'ining 2015 yil 20 martdagi 29-son buyrug'i bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali "O'zdavtemiryo'lnazorat" inspeksiyasi manziliga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi to'g'risdagi Nizom" talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibdi ko'rib chiqiladi.
Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo'lishi mumkin hamda ularning turi va shaklidan qat'i nazar, bir xil ahamiyatga ega. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
    5. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to'liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak.
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo'shimcha ravishda yozib qo'yilishi kerak.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida bo'lishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
    6. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko'ra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Bo'ysunuv tartibida yuqori organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning xuquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran uzog'i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
    7. Inspeksiyada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.

II. Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi

    8. Murojaatlarni qabul qilish, ro'yxatga olish va ko'rib chiqish uchun yuborish inspeksiya devonxonasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Kelib tushgan murojaatlarning o'z vaqtida ko'rib chiqilishini nazorat qilish axborot xizmati boshlig'i – inspeksiya boshlig'i matbuot kotibi tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlar rezolyutsiya (topshiriqnoma) bo'yicha kelib tushgan murojaatlar mohiyatiga ko'ra ularni hal qilish majburiyati yuklangan mansabdor shaxs tomonidan ko'rib chiqiladi.
    9. Elektron murojaatlar tushgan kunida qog'ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo'lgandan keyin, yoki dam olish kunlari inspeksiya elektron pochtasiga tushgan taqdirda esa – navbatdagi ish kunida qog'ozga bosib chiqarilishi kerak.
    10. Yozma va elektron (qog'ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro'yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha hisobga olish kartochkasini to'ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o'ng qismida ro'yxatga olish shtampini qo'yish yo'li bilan inspeksiya devonxonasida ro'yxatga olinadi.
Murojatlarni ro'yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to'g'risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan bo'lim nomi, sana ko'rsatilgan holda ijro etish to'g'risidagi belgi ko'rsatiladi. Murojaatlarning tartib raqami yil boshidan boshlab yangitdan hisobga olinadi.
    11. Murojaat pochta orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.
    12. Og'zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari inspeksiya boshlig'i (yoki o'rinbosari), shuningdek mintaqaviy filiallar boshliqlari tomonidan qabul qilinadi. Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha hisobga olish kartochkasi to'ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi og'zaki murojaat sifatida ro'yxatga olinadi.
    13. Ro'yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay inspeksiya boshlig'i (yoki o'rinbosari) yoki mintaqaviy filial boshlig'iga kiritiladi, u mas'ul bo'lim (xodimni) belgilagan holda murojaatni ko'rib chiqish bo'yicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) qo'yadi.
    14. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo'yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida inspeksiya devonxonasi murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy bo'linmaga (xodimga) imzo qo'ydirgan holda beradi.
    15. Inspeksiyaga kelib tushgan, lekin qo'yilgan masalalarni hal etish uning vakolati doirasiga kirmaydigan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay inspeksiya boshlig'i (yoki o'rinbosari) tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu xaqda ma'lumot ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy bo'lim boshlig'i (yoki xodim) tomonidan murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushunturish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.
    16. Quyi organ tomonidan ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay inspeksiya boshlig'i yoki o'rinbosari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu xaqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.
    17. Agar murojaatda bir nechta bo'limga tegishli masalalar mavjud bo'lsa, ularning barchasi murojaatni ko'rib chiqish bo'yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo'lib ko'rsatilgan bo'lim boshqa bo'limlar bilan birgalikda murojaat ko'rib chiqilishini ta'minlaydi.
    18. Murojaatni ko'rib chiqishi uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o'tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.     19. Murojaatni to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqish uchun qo'shimcha ma'lumotlar, ma'lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo'lgan taqdirda, mazkur murojaatni ko'rib chiqayotgan inspeksiyaning mansabdor shaxsi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek o'z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qo'shimcha axborotni so'rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, inspeksiya mansabdor shaxslari o'zlaridan so'ralayotgan axborotni o'n kun ichida taqdim etishi shart.
    20. Murojaatni ko'rib chiqilayotganda, zarur hollarda, murojaat joyning o'ziga borib ko'rib chiqilishini ta'minlashi mumkin.
    21. Murojaat etuvchi yoki boshqa shaxs yo'qligida murojaatni ko'rib chiqish imkoni bo'lmasa, ular inspeksiyaning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat etuvchi kelmagan taqdirda davlat organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko'rib chiqish imkoni yo'qligi haqida javob yuboradi.
    22. Murojatga javobni inspeksiyaning boshlig'i yoki uning yo'qligida – inspeksiya boshlig'ining o'rinbosari, xududiy filallarga kelib tushgan murojatlarga javobni xududiy filial boshlig'i yoki u yo'qligida – xududiy filial boshlig'ining o'rinbosari imzolaydi. Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
    23. Agar murojaatda qo'yilgan masalalar xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatiga daxldor bo'lsa, ularning vakillari murojaatni ko'rib chiqishda ishtirok etish uchun inspeksiyaning mansabdor shaxsi tomonidan o'z vakolatlari doirasida jalb etiladi.
    24. Agar murojaatni ko'rib chiqishda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatini tekshirish lozim bo'lsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    25. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa bo'lib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablariga muvofiq ko'rib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning ro'yxatida birinchi bo'lib ko'rsatilgan shaxsga, yoki uning talabiga ko'ra, boshqa shaxsga yuboriladi.
    26. Murojaat, unda ko'tarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq ko'rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko'rib chiqilgan hisoblanadi.
    27. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan rahbar yoki mansabdor shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
    28. Jismoniy va yuridik shaxslar o'z murojaatlarini ular ko'rib chiqilgunga qadar va ko'rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilungunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yo'li bilan qaytarib olish xuquqiga ega. Murojaatni qaytarib olish to'g'risidagi ariza inspeksiya tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilishini istisno etmaydi.

III. Murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlari

    29. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan inspeksiyaga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kun mobaynida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallar so'rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, ularni ko'rib chiqish muddatlari (shuningdek xududiy filialarga tushgan murojatlarni ko'rib chiqish muddati) inspeksiyaning boshlig'i (yoki inspeksiya boshlig'ining o'rinbosari) tomonidan istisno tariqasida uzog'i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
    30. Taklif inspeksiyaga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o'n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

IV. Murojaatlarni ko'rmay qoldirish

    31. Quyidagi murojaatlar ko'rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo'lmagan murojaatlar.
Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar yoki yuridik shaxsning to'liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoxud ular xaqida yolg'on ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat anonim murojaat hisoblanadi.
    32. Inspeksiya "ishonch telefonlari"ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e'tirof etilishi mumkin. Anonim deb e'tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan va ijrodan olinadi.
    33. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, devonxona xodimlari ularninng vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo'lmasa, bu xaqda dalolatnoma-xulosa tuziladi.

V. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish

    34. Inspeksiya boshlig'i, inspeksiya boshlig'ining o'rinbosari, xududiy filial boshliqlari (boshliq o'rinbosarlari) tomonidan shaxsan qabul, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvallariga muvofiq o'tkaziladi
    35. Qabul qilish jadvallari va uni o'tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to'g'risidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi inspeksiyaning rasmiy veb-saytida e'lon qilish, shuningdek uning ma'muriy binosida hamma kirishi mumkin bo'lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e'tiboriga yetkaziladi.
    36. Shaxsiy qabul qilish belgilangan tartibda shaxsiy qabul qilish xisobi jurnallarida markaziy apparat va xududiy filiallar kotibalari tomonidan ro'yhatga olinadi.
Jismoniy shaxs og'zaki murojaat etayotganda o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa – o'z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko'rsatishi kerak.
    37. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi inspeksiya boshlig'i yoki inspeksiya boshlig'i o'rinbosari ko'rsatmasi bo'yicha inspeksiya bo'limlarining boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
    38. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish inspeksiyaning vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillariing talabi bilan bu xaqda yozma shaklda javob beriladi.
    39. Inspeksiya boshlig'i yoki inspeksiya boshlig'ining o'rinbosari tomonidan yuqori turuvchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jadvallarga muvofiq sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.
    40. Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida qabullarni tashkil qiluvchi mintaqaviy filiallar boshliqlari ishtirok etishi mumkin.
    41. Sayyor shaxsiy qabullarni o'tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to'g'risidagi axborot ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e'tiboriga yetkaziladi.

VI. Murojaatni ko'rib chiqishda mansabdor shaxslarning majburiyatlari va huquqlari

    42. Murojaat ko'rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs inspeksiyaning mansabdor shaxsidan murojaat ko'rib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko'rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo'shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan so'rab olish to'g'risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
    43. Murojaatni ko'rib chiqayotgan inspeksiyaning mansabdor shaxslari jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta'minlashi shart.
    44. Murojaatni ko'rib chiqqan inspeksiyaning mansabdor shaxsi murojaat etuvchiga ko'rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko'rib chiqilganidan so'ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi shart.     45. Murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, murojaatda ko'rsatilgan har bir masala bo'yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.
    46. Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan inspeksiyaning mansabdor shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo'lmasa, uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

VII. Murojaatlarni ko'rib chiqilishini nazorat qilish. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

    47. Inspeksiya boshlig'i matbuot kotibiga quyidagilar yuklanadi: murojatlar bo'yicha ish yuritish nazorati, inspeksiyaning markaziy apparati va xududiy filiallarnig javobgar xodimlari tomonidan murojatlarni o'z vaqtida va sifatli ko'rib chiqilishi ustidan nazorat.
    48. Inspeksiya boshlig'i matbuot kotibi:
inspeksiya boshlig'i yoki inspeksiya boshlig'ining o'rinbosarini murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlari va tartibi buzilishlari xaqida xabardor qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, shikoyat va arizalarning ko'rib chiqilishini yilda kamida bir marta ommaviy axborot vositalarida yoritadi.

VIII. Murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik

    49. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko'rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan xuquqlarini tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to'g'risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta'qib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.
    50. Inspeksiyaning xodimlari murojaatlar haqidagi qonun hujjatlari, shuningdek mazkur Nizom talablarini buzganlari uchun o'rnatilgan tartibda ma'muriy yoki boshqa javobgalikka tortiladilar.