Litsenziya
Bosh > Interativ xizmatlar > Litsenziya>Zarur hujjatlar
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11 05 2018

Litsenziya olish uchun zarur bolgan
HUJJATLAR

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

1. yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va yuridik shaxsning bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni kozlayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar royxati korsatilgan holda Mahalliy va xalqaro yonalishlar boyicha temir yol transportida yolovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi togrisidagi Nizom (keyingi o`rinlarda Nizom)ning 2-ilovasiga muvofiq shaklda litsenziya berish togrisidagi ariza;

Litsenziya berish togrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ham korsatilishi mumkin;

2. talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli bolgan harakatlanuvchi tarkibning Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi royxati;

3. temir yol transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boyicha royxati;

4. temir yol transportida tashish jarayoniga, kirish yollarining, harakatlanuvchi tarkibning texnik holatiga, tormoz boshmoqlarining saqlanishi va hisobini yuritishga, harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish xavfsizligi va butligini taminlashga masul shaxslarni tayinlash togrisida yuridik shaxs rahbarining buyrugidan nusxa;

5. arizani korib chiqish uchun belgilangan yigimning litsenziya talabgori tomonidan tolanganligini tasdiqlovchi hujjat (tolov topshiriqnomasining nusxasi).

Litsenziya talabgoridan Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yol qoyilmaydi.

Litsenziya olish uchun zarur bolgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan "Ozdavtemiryolnazorat" inspeksiyasiga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki ularning olinganligi togrisidagi bildirishnoma bilan Ozbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi orinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziya berish togrisidagi arizada litsenziya talabgori elektron manzilining korsatilishi uning arizasi boyicha qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
Litsenziya olish uchun "Ozdavtemiryolnazorat" inspeksiyasiga taqdim etilgan hujjatlar royxat boyicha qabul qilinadi va royxatning nusxasi ariza beruvchiga hujjatlar belgilangan organ tomonidan qabul qilingan sana qayd etilgan holda topshiriladi (yuboriladi).

Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan zarur hujjatlar "Ozdavtemiryolnazorat" inspeksiyasi ularning aksini tasdiqlamagunicha barcha holatlarda ishonchli hisoblanadi.
Ishonchli bolmagan yoki soxtalashtirilgan malumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

"Ozdavtemiryolnazorat" inspeksiyasiga litsenziyalash uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olish talab qilingan holatlarda, litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda "yagona darcha" tamoyili boyicha amalga oshiriladi va bunda "Ozdavtemiryolnazorat" inspeksiyasi korsatilgan hujjatlarni yuridik shaxsning ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.