Tender

“O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasining
rasmiy veb-saytini ishlab chiqish bo`yicha
tanlov e`lon qiladi

1. Loyiha nomi: “O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasining rwnadzor.uz - rasmiy veb-saytini zamonaviy talablar va O`zbekiston Respublikasi qonunchilik me`yorlari (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori va boshqa tegishli qonun hujjatlari)ga mos ravishda qayta ishlab chiqish.
2. Loyihaning amalga oshirish muddati – 30 kalendar kun.
3. Tanlov ochiq turda o`tkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega bo`lgan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik maqomga ega bo`lgan barcha korxona va tashkilotlar, hamda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida tanlov savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar hamda tanlov hujjatlarini sotib olgan korxonalar ishtirok etishlari mumkin.
4. Ishchi organ - “O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasi
Manzil: Toshkent sh, 100015, Turkiston ko`chasi, 7.
Telefon: (71) 299-76-55,  (71) 299-75-07
E-mail: ict@rwnadzor.uz, info@rwnadzor.uz

Konkurs savdolarida ishtirok etish uchun korxonalarga quyidagi talablar belgilangan:

  • Korxona tanlov savdosi e’lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 3 yildan kam bo`lmagan bo`lishi kerak;
  • O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar va bitimlar imzolash vakolatiga ega bo`lgan korxona bo`lishi kerak;
  • Korxona qayta tashkil etish tugatilish yoki bankrotlik yoki mijoz bilan sud yoki hakamlik sudi jarayonida bo`lmasligi kerak;
  • Korxonaning soliq oldida qarzi mavjud emasligi;
  • Korxona kamida 3 yillik tajribaga ega bo`lishi kerak;
  • Korxona buyurtmachi bilan avval imzolangan shartnomalar bo`yicha majburiyatlarini to`liq to`g`ri bajargan bo`lishi kerak;
  • Korxona shartnoma majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta`minlash uchun, axborot texnologiyalari sohasida yirik loyihalarni amalga oshirishda yetarli resurslarga ega bo`lishi va loyihalarni boshqarish tajribasiga ega bo`lishi kerak;
  • Korxona o`z sifat menejmenti tizimi faoliyatida foydalanish bo`yicha ma’lumotlarni va hujjatlashtirilgan yondashuv jarayoni asosida ma’lumotlar taqdim etishi kerak;
  • Korxona foydalanuvchilarni o`qitish va axborot tizimlarini ishlab chiqish bo`yicha tajribaga ega bo`lishi kerak;
  • Korxona tanlov savdolarida ishtirok etish uchun barcha talab etilgan hujjatlarni belgilangan vaqtdan kechikmagan holda  taqdim etishlari kerak.

5. Tanlov takliflari Ishchi organga (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida ko`rsatilgan manzil bo`yicha 2018 yil 8 iyunga qadar taqdim etilishi kerak.