Funksiyalari va huquqlari
Bosh > Biz haqimizda > Funksiyalari va huquqlari
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11 03 2016

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (O‘zdavtemiryo‘lnazorat) davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi, u poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va muvofiqlashtirish hamda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoidalar va normalarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan rioya etilishini, shuningdek «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi va transport qurilishi korxonalarida qozonxonalar va ko‘tarish inshoatlaridan xavf-xatarsiz foydalanishini nazorat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l ma’muriyati funksiyalarini amalga oshiradi.