Yordam
Bosh > Boshqalar > Yordam
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11 03 2016

Mazkur sahifada bizga yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan savollar va ularga berilgan javoblar chop etiladi.

"O'zdavtemiryo'lnazorat" DI tizim administratoridan xabar

Hurmatli “O'zdavtemiryo'lnazorat” DI rasmiy saytiga tashrif buyuruvchilar. Normativ hujjat elektron ko'rinishi talabnomasi shaklini to'ldirish chog'ida \"Elektron manzil:*\" hoshiyasini DIQQAT BILAN! to'ldirishingizni so'raymiz, chunki kelib tushayotgan xabarlarda ko'p hollarda mavjud bo'lmagan elektron pochta manzillari ko'rsatilgan. Misol tariqasida ushbu muloqotni chop etamiz:

F.I.O.: O'rmanov Jamshid
Ish joyi: UPX. Ko'prik sinash stantsiyasi.
Elektron manzil: jam.urmanov@yandex.ru
Hujjat qaysi maqsadlar uchun kerak: temir yo'l transportining yangidan qurilayotgan ob'ektlarini qabul qilish ishchi xay'atida qatnashish uchun
Ishlab chiqilash sanasi: 2005 Nomlanishi: Yangi temir yo'llarni foydalanishga qabul qilish uchun qo'llanma

Mazkur hujjat elektron nusxasi mavjud, biroq qaytarish manzili (yoki noto'g'ri ko'rsatilgan) to'silgan

1-son savol:

Salom! Bilishni hohlardim, Sizlardan Tojikistonga ammiak selitrasini yopiq vagonlarda tranzitiga ruxsat olish mumkinmi va qanchalar tezkor? Ushbu savol hal etilsa Sizlardan minnatdor bo'lardim. Hurmat bilan Chuvashiya Respublikasi, Novocheboksarsk sh., \"OOO Trateks-M\" direktori Abduraxmanov Xoshim Raimovich.

Javob:

   Sizning Tojikistonga ammiak selitrasini yopiq vagonlarda tranzitiga ruxsat olish savolingizga quyidagilarni ma'lum qilamiz: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21 fevraldan 62-son "O'zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to'g'risida" qarori 3-ilovasi 8-bandiga asosan, Siz kerakli hujjatlar to'plami bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishingiz lozim. Temir yo'l transporti bilan tranzit hujjatlari to'plamiga quyidagilar kiradi:
   Maxsus yuklar yoki harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza, unda tashishning maqsadi, yukning miqdori, harbiy tarkib soni, O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketishning rejalashtirilgan muddatlari, punktlari, foydalaniladigan transport turi, yuk yoki harbiy tarkibni jo'natish va etkazish punktlari to'g'risidagi ma'lumotlar, yukni tashuvga bergan va yukni oluvchi tashkilotning nomi, shuningdek tranzit qatnashchilari bo'lgan davlatlar hududi bo'ylab harakatlanishning mo'ljallanayotgan marshruti ko'rsatiladi;
maxsus yuk kelib chiqqan mamlakat sertifikati;
qonunchilikda belgilangan hollarda — ekologiya sertifikati;
yukni etkazib berish yuzasidan kontrakt (shartnoma), xavfli yuklar tranziti turkumlab amalga oshirilayotganda — tashuvlar jadvali;
yukning O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo'yicha xarakteri to'g'risidagi ma'lumotlar, buyumning tasniflovchi shifri, agregat holati, xavfli xossalari va hokazo;
maxsus yuklarni sug'urta va boshqa kafolatlar bilan sug'urta polisi, bank kafolati yoxud qonunchilikda belgilangan boshqacha shaklda, shuningdek odamlar hayoti va sog'lig'iga, O'zbekiston Respublikasi atrof muhitiga va xavfsizligiga etkazilishi mumkin bo'lgan zararni undirishga doir boshqa majburiyatlar bilan tashishning ta'minlanishini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan joyga etkazib berishga engib bo'lmas kuch ta'sir etgan va etkazib berish imkoniyati bo'lmagan hollarda.
Xavfli yuklarni tranzit qilishga ruxsatnoma O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.

Xavfsizlik bo'limi.

2-son savol:

Salom!
Iltimos, aytingchi, shahobcha temir yo'llari texnik pasportini hamda ularga xizmat ko'rsatish tartibi xaqida yo'riqnomani ishlab chiqish va tuzish bilan shug'ullanuvchi tashkilot yoki firmani qanday topish mumkin?
Rahmat. Hurmat bilan, Fedorov Aleksey Viktorovich.

Javob:

Sizning savolingizga quyidagilarni ma'lum qilamiz:

O'zbekiston Respublikasi hududida mazkur savolni hal etish "O'zbekiston temir yo'llari" DATK qoshidagi "Toshtemiryo'lloyiha" loyiha instituti vakolatiga kiradi.
"O'zbekiston temir yo'llari" DATK - http://www.uzrailway.uz saytiga tayanildi.
Hurmat bilan "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI axborot xizmati.

3-son savol:

Xayrli kun!

Mening savolim quyidagicha: sizning saytingizdagi ko'plab hujjatlar pdf formatida joylashtirilgan, menda ierogliflar ochiladi, bunday hujjatni qanday qilib o'qishim mumkin.
Rahmat. Hurmat bilan, Foydalanuvchi.

Javob:

Sizning savolingizga quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Ha, hujjatlar pdf formatida ham joylashtiriladi, bu foydalanuvchilarga qulaylik uchun va xavfsizlik maqsadlarida qilingan. Agarda Sizda mazkur formatda hujjatlarni ko'rish uchun dastur o'rnatilmagan bo'lsa, Siz ommalashgan bepul Foxit Reader (ko'chirish) dasturini ko'chirib olishingiz mumkin.
Hurmat bilan "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI muhandis-dasturchisi .