Bosh

HURMATLI SAYTIMIZ MEHMONLARI!

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO'LLARDA YUK VA YO`LOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!

O'zbekiston Respulikasi jug'rofiy jihatdan Markaziy Osiyoning o'rtasida joylashgan bo'lib, mintaqaning barcha er usti va havo kommunikatsiyalari chorrahasi hamda Yevroosiyoning muhim transport o'zagi hisoblanadi.

Davlatimiz iqtisodiyotining eng asosiy sohalaridan biri temir yo'l transportidir va u ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda, sanoat va mudofaa qobiliyatini yuksaltirishda alohida o'rin tutadi.

Temir yo'l transporti – ulkan ishlab-chiqarish-texnik majmua bo'lib, yuqori xavflilik zonasi hisoblanadi. Shu bilan birga, o'n yilliklar mobaynida temir yo'llarda tashishlar xavfsizligini ta'minlash tizimining takomillashuvi hisobiga, ushbu transport turi yuk va yo'lovchilar tashishda eng qulay hamda xavfsiz sanaladi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi temir yo'llari hisobiga barcha transport turlari bilan tashilayotgan yuklarning 70 foizi, yo'lochilarning 60 foizi to'gri kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, davlat nazorati sohasida maxsus vakolatlangan davlat boshqaruvi organi bo'lib, temir yo'l transportida harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha choralarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshiradi.

Inspeksiya vazifasi – davlat nazoratiga asoslangan, temir yo'l tashishlari xavfsizligini nazorat qilish bo'yicha aniq va ta'sirchan tizimni tashkil qilish, basharti poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini so'zsiz ta'minlash, umumiy foydalanishdagi temir yo'l transportining barcha bo'linmalari hamda O'zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralariga qarashli shahobcha temir yo'llarining barqaror ishlashida, yuk va yo'lovchilar tashishlariga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojni qondirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda "O`zdavtemiryo`lnazorat" davlat inspeksiyasida bir nechta texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlar loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Sizning e’tiboringizga o‘rganib chiqish uchun quyidagi yo`riqnomalar loyihalarini taqdim etamiz:

   O`zbekiston Respublikasi temir yo‘l yo‘l transportida maxsus o‘ziyurar harakat sostaviga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish bo‘yicha Yo‘riqnoma
   Ozbekiston Respublikasi temir yol transporti bekatlari va bekatlar oraligi temir yollarida yol ishlarini amalga oshirishda poyezdlar harakat xavfsizligini taminlash boyicha Yoriqnoma