Yangiliklar

Harakat xavfsizligiga etiborsiz bolmaylik!


Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida poytaxtimiz Toshkent shahri va Fargona vodiysini bir-biriga boglovchi yangi va zamonaviy elektrlashtirilgan Angren-Pop temiryoli ishga tushirildi. Shuningdek, har kuni 2 marotaba Andijon Toshkent yonalishi boyicha, haftaning seshanba va juma kunlari Andijon-Buxoro, juma va yakshanba kunlari Andijon-Moskva, payshanba kunlari esa Andijon-Urganch yonalishi boyicha yolovchi poyezdlari qatnovi hamda xalq xojaligi yuklarini tashish poyezdlari harakati yolga qoyilgani aholini behad quvontirdi.
Xursandchilik va quvonch onlari bardavom bolishi uchun harakat xavfsizligiga etiborli bolish har birimizning burchimizdir.
Barchamizga yaxshi malumki, yolovchi va yuk tashish poyezdlari ayrim joylarda avtotransport vositalari harakatlanadigan mahalliy va magistral yollar bilan kesishadi. Temiryollardagi xavfli va insondan ehtiyotkorlik talab etadigan hudud bu temiryol va avtomobil yollari kesishgan joylar (kesishmalar) hisoblanadi. Fargona vodiysida, Qoqon mintaqaviy temir yol uzeli hududida 146 ta temiryol kesishmasi mavjud bolib, ularning 59 tasi qoriqlanadigan, 87 tasi esa qoriqlanmaydigan kesishmalar toifasiga kiradi. Avtotransport haydovchilarining temiryol kesishmalaridan bamaylixotir va etiborsizlik bilan otishi oqibatida Fargona vodiysi temiryol kesishmalarida joriy yil davomida 3 ta kongilsiz voqea poyezd va transport vositasi toqnashuvi sodir boldi. Bu hodisalar, asosan ayrim haydovchilar tomonidan amaldagi qonun qoidalarga amal qilmasligi, yol harakat xavfsizligi qoidalarini bilmaslik oqibatida kelib chiqmoqda. Shu va shunga oxshash holatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning orni va ahamiyati bolakcha. Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi va Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan qoshma bayonnoma talablaridan kelib chiqqan holda joriy yilning ortda qolgan 9 oyi davomida Qoqon temiryol uzeli tasarrufidagi temiryol bekatlari, korxona va tashkilotlarda xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Unda 1 ming 400 nafardan ziyod qatnashgan ishchi-xizmatchilarga sohaga doir qoidalar yana bir marotaba eslatib otildi. Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklar oz vaqtida barataraf etildi. Temiryol kesishmalarida yuz berishi mumkin bolgan noxush holatlarni oldi olinishi maqsadida hududlarga chiqib aholiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu orinda, temiryol kesishmasiga yaqin hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz ozlari va yaqinlari hayoti va sogligini oylagan holda qoidalarga amal qilishlari, haydovchilarning ham etiborni kuchaytirishlari baxtsiz hodisalarning oldi olinishiga zamin yaratishini aslo unutmasliklari lozim.


A.Islamov
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Fargona filiali boshligi.
16.11.2017