Yangiliklar

Toshkent metropoliteni 40 yoshda


Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati "Temiryolchilar" markaziy madaniyat saroyida Toshkent metropoliteni qurib foydalanishga topshirilganiga 40 yil tolishi munosabati bilan bayram tadbiri otkazildi. Unda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, soha xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi orinbosari, Toshkent metropoliteni unitar korxonasi boshligi O.Xudoyqulov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida transport sohasi, jumladan, metropolitenni yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotganini takidladi.
Bundan 40 yil avval kohna Toshkent rivojlangan zamonaviy shaharlar qatoridan orin egalladi. Murakkab davrda respublika rahbariyati, xususan, buyuk davlat arbobi Sharof Rashidovning tashabbusi bilan Orta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni bunyod etildi. Kop yillik mashaqqatli mehnat samarasida 1977 yilning 7 noyabr kuni birinchi metro qatiy jadval boyicha harakatlana boshladi.
Mamlakatimiz transport tizimida muhim orin tutadigan Toshkent metropoliteni qulayliklar yaratish, yolovchilarni tashish xavfsizligini taminlash va ularga xizmat korsatish madaniyatini yuksaltirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Chilonzor, Ozbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi. Metropoliten 29 bekatdan iborat. Ushbu transport xizmatidan kuniga 200 mingga yaqin yolovchi foydalanadi.
Toshkent metropolitenini nafaqat qulay va ishonchli transport, balki betakror sanat asari darajasida qurilgan nafis va korkam, orasta va shinam yer osti qasri deyish mumkin, deydi Toshkent metropoliteni unitar korxonasi Chilonzor elektrodeposi fuqaro muhofazasi boyicha muhandisi Mavluda Asomova. Ozim guvohman, Ozbekistonga kelgan xorijlik mehmonlar Toshkent metropolitenining jozibasi va chiroyidan hayratga tushishadi.

Mutaxassislar malumotiga kora, otgan muddat davomida 4 milliarddan ziyod yolovchiga xizmat korsatildi. Toshkent metropoliteni bekatlarini loyihalashda eng malakali arxitektorlar, rassom va memorlar ishtirok etgan. Mustaqillik yillarida metropoliten chiroyli tashqi va ichki dizayn, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega bolgan vagonlar bilan taminlanmoqda. Bu borada Toshkent yolovchi vagonlari qurish va tamirlash zavodida metro vagonlarini kapital tamirlash, qayta tiklash, ularning xizmat korsatish muddatini uzaytirish ishlari samarali amalga oshirilayotganini alohida takidlash kerak.
Aholining talab va ehtiyojlari, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishini inobatga olib, Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasi, Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasi barpo etish boyicha bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda.
Jumladan, yuqori sifatda barpo etilayotgan Sergeli yonalishi avvalgilaridan farqli ravishda yer ustida harakatlanadi. Metro shaharning rivojlanish rejalari, yolovchilar oqimi, turar joy mavzelari, ishlab chiqarish, savdo va dam olish maskanlari joylashuvi, muhandislik-geologik sharoitlarni inobatga olgan holda qurilmoqda. Yonalish toliq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yolovchiga xizmat korsatish imkoniyati yaratiladi. Ayni paytda Yunusobod yonalishining ikkinchi bosqichi qurilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish boyicha amalga oshiriladigan loyiha boyicha bunyod etiladigan metroning umumiy uzunligi 54 kilometr bolib, uning 51 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali otkaziladi. 2 kilometri yer ustida quriladi. Mazkur loyiha besh bosqichda amalga oshirilib, 2020 yilda toliq foydalanishga topshirilishi kozda tutilgan.
Tadbirda kop yillik mehnat faoliyati va ilgor tajribasi bilan namuna bolayotgan bir guruh metropoliten xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi.
Taniqli sanatkorlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Manba: OzA
23.11.2017