Yangiliklar

Buxoro Miskin temir yoli ochildi


Bugun odam yursa oyogi, qush uchsa qanoti kuyadigan Qizilqum choli insonning bukilmas matonati, azmu shijoati oldida yana bir bor taslim boldi. Bu yerda qariyb 350 kunda 350 kilometrdan ziyod chol bagri yorib otilib, yangi temir yoli bunyod etildi.
Sir emas, yurtimizning dengiz yollaridan olisda joylashgani milliy iqtisodiyotning osishi, mahsulotlar raqobatbardoshligini taminlashga tosqinlik qilayotgan jiddiy omillardan biri sanaladi. Ayni paytda Yevropa va Osiyo mamlakatlari ortasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanayotgani natijasida qadimiy Buyuk ipak yolini qayta tiklashga etibor kuchaymoqda. Eng asosiysi, xalqimizning transport xizmatlariga bolgan talabi oshib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy talablarga hamohang transport infratuzilmasini yaratishni hayotning ozi taqozo etmoqda.
2016-yil dekabr oyida qurilishi boshlanib, shu yil sentabr oyidan ishchi poyezdlari qatnovi yolga qoyilgan Buxoro Miskin temir yolining foydalanishga topshirilishi mamlakatimizda transport kommunikatsiyasi oldida turgan mana shunday masalalarga yechim topish yolida olib borilayotgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasiga aylandi.
Yangi temir yolning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Qoraqalpogiston Respublikasining Miskin maskanida tantanali marosim bolib otdi. Tadbirda Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar, soha faxriylari, jurnalistlar qatnashdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogida ushbu loyiha bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish boyicha muhim tavsiyalar bergan edi.
Temir yol qurilishi Buxoro viloyatining Buxoro tumani va Qoraqalpogiston Respublikasining Miskin maskanida bir paytning ozida boshlandi. Ishning yaxshi tashkil etilgani samarasida umumiy uzunligi 355 kilometr bolgan temir yol liniyasida loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qurilish davomida qariyb 22 million kub metrlik tuproq ishlari bajarildi. 121 suniy inshoot, 12 koprik va 6 yol otkazgich, 5 stansiya va 5 razyezd barpo etildi. Bunyodkorlik ishlariga 2 mingga yaqin ishchi-mutaxassis, mingdan ziyod qudratli zamonaviy texnika va mexanizmlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida barpo etilgan Sulton Uvaystog Nukus, Toshguzar Boysun Qumqorgon, Angren Pop temir yol liniyalari qurilishida mamlakatimizning ulkan texnik imkoniyati bilan birga, ishchi-mutaxassislarning katta salohiyati ham namoyon bolgan edi. Ana shu loyihalarda orttirilgan tajriba Buxoro Miskin liniyasini bunyod etishda alohida ahamiyatga ega boldi.
Hozircha bu yolda yuk poyezdlari harakatlanadi. Bu esa mazkur hududdagi qazilma boyliklarini ozlashtirish, ulardan samarali foydalanish va shu bilan birga yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochishga xizmat qiladi.
Shu paytga qadar Toshkent shahridan Urganchga qatnovchi poyezdlar Navoiy Uchquduq Miskin magistrali orqali 1064 kilometr yol bosgan bolsa, endilikda bu masofa qariyb 100 kilometrga qisqardi. Bu vaqt, yoqilgi va boshqa xarajatlarni tejash imkonini beradi.
Mazkur temir yolning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetgach, mazkur liniya Toshkent Samarqand Navoiy Buxoro Urganch yonalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoyezdlar qatnovini yolga qoyishda muhim bogin vazifasini otaydi.
Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati raisi A.Ramatov, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi M.Erniyazov, Xorazm viloyati hokimi I.Sobirov, Buxoro viloyati hokimi O.Barnoyev sozga chiqdi.

Manba: O'zA
02.12.2017