Yangiliklar

Mamlakatimizda 1 ming 100 kilometrdan ortiq yangi temir yollar barpo etildi.


Istiqlol yillarida temir yol tizimini tubdan takomillashtirish, temir yollarni rekonstruksiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga innovatsion loyihalarni joriy etish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi va bu jarayon muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda 1 ming 100 kilometrdan ortiq yangi temir yollar barpo etildi, 1 ming 700 kilometrlik temir yol boglamalari elektrlashtirildi, 16 yangi temir yol vokzali bunyod etildi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari harakati amalga oshirilmoqda. Har tomonlama qulay va zamonaviy talablarga javob beruvchi ushbu poyezdlar aholi va xorijiy mehmonlarga yuqori darajada xizmat korsatib kelmoqda. Bu mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirib, turizm salohiyati yuksalishiga zamin yaratayotir.
Ijobiy korsatkichlarning bardavom bolishida harakat xavfsizligini taminlash muhim ahamiyatga ega. Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchi tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ozdavtemiryolnazorat bu boradagi ishlarni muntazam muvofiqlashtirib keladi. Inspeksiya poyezdlar harakati xavfsizligini taminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish boyicha Ozbekiston Respublikasi temir yol mamuriyatining funksiyalarini bajaruvchi hamda davlat, xojalik boshqaruvi organlari tomonidan temir yol transporti sohasida harakat xavfsizligini taminlashga oid belgilangan qoidalar va meyorlarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Temir yollarda harakat xavfsizligini taminlashdek muhim vazifaning oz vaqtida va samarali bajarilishi har bir xodimdan fidoyilik, masuliyatni chuqur his qilish, bilim va yuksak professional mahoratni taqozo etadi. Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasining normativ hujjatlar ishlab chiqish bolimi bosh mutaxassisi Lola Qobulova aynan shunday sifatlarga ega xodimlardan sanaladi.

L.Qobulova 26 yillik faoliyati davomida qaysi jamoada ishlamasin ozidan ijobiy taassurot qoldira oldi. Mehnatkashligi, samimiy, kamgap va shu bilan birga talabchan bolgan xodima ish unumdorligining asosini tartib-intizom va odob-axloqda, deb biladi. Yoshlarga va hamkasblariga har doim xushmuomala, tajribali temiryolchining hayoti Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi nishonlanayotgan ushbu kunlarda unutilmas onlarga boy boldi. Uning kop yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan yuksak qadrlanib, Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mehnatim ortidan obro-etibor orttirdim, orzularim ushaldi, deydi L.Qobulova. Kamtarona mehnatimning etirof etilishi, yuksak darajada mukofotlanishim men uchun katta baxt. Bu mening ishimga berilgan yuqori baho bolishi bilan bir qatorda kelajakdagi faoliyatim uchun ragbat hamdir.


Firdavs Xayriddinov,
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshligi
08.12.2017