Yangiliklar

Tadbirkorlar faoliyati qonun himoyasida!


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab tadbirkorlik subektlarini qollab-quvvatlash maqsadida keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Bunda birinchi navbatda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlari va mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlashga munosib hissalarini qoshish imkoniyatini beruvchi huquqiy baza shakllantirildi. Tadbirkorlar faoliyatini yanada kengaytirishni kozda tutuvchi qonun va qonunosti hujjatlar elon qilindi, ularga koplab imtiyozlar taqdim etildi.

Jumladan, 2016 yil 5 oktyabrdagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida PF-4848 sonli Farmoni tadbirkorlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Ushbu Farmon xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qollab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yonaltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga otishiga qaratilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
Xuddi shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini taminlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yol qoyilmaslikni eng muhim ustuvor yonalish va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida mustahkamlaydi.
Asosiy etibor xato va kamchiliklarni barvaqt oldini olish va bartaraf etishga qaratilmoqda. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan 2017 yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik subektlari faoliyatini tartibga solish va ularni huquqiy savodxonligini yanada mustahkamlash maqsadida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Faoliyat turlari bilan bevosita bogliq bolgan songgi yangiliklardan boxabar qilish uchun 646 ta seminarlar tashkil etildi va ushbu tadbirlarda 9000 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etishdi. Ularga 500 ta amaldagi qonun hujjatlari talablari aks ettirilgan qollanmalar tarqatildi va bevosita joylarga chiqib olib borilgan tushuntirishlarda qatnashganlar soni 1200 nafarli korsatkichdan oshdi.
Inspeksiya xodimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan korgazmalar ishbilarmonlarga faoliyatlarida kol keladigan koplab qimmatli axborotlar taqdim etdi. Bevosita muloqot shaklidagi muhokamalar har ikkala tomon uchun qulay va samarali sanaladi. Unda muammoli vaziyatlarga yechim topilishi barobarida tadbirkorlar ozlarini qiziqtirayotgan koplab savollarga mutaxassislarning aniq javoblariga ega bolishdi.

Tadbirkorlar bilan otkazilgan uchrashuvlar, seminarlar va profilaktik tadbirlar mahalliy va Respublika ommaviy axborot vositalarida muntazam elon qilib borilmoqda. Yuqorida takidlanganidek, profilaktik tadbirlarda asosiy urgu xato va kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olishga qaratildi. Natijada sodir etilishi mumkin bolgan 2600 dan ziyod kamchiliklar oz vaqtida bartaraf etildi. Ochiq eshiklar kuni aksiyasi ham tadbirkorlarimizga qator qulayliklar yaratib bermoqda. Ular ozlarini tashvishga solayotgan va yechimini izlayotgan masalalari bilan murojaat etib, aniq xulosalarga ega bolishmoqda.

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallardagi ishonch telefon raqamlari OAVda elon qilingan bolib ishbilarmonlardan murojjatlar kelib tushmoqda. Ishonch telefonlariga bolayotgan murojaatlarning har biri oz vaqtida atroflicha organilib, ijobiy hal etilmoqda. Bundan tashqari Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasining rasmiy "rwnadzor.uz" veb-sayti orqali songgi yangiliklardan xabardor bolish bilan birgalikda bevosita murojaat qilish imkoniga egalar.
Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, amalga oshirilayotgan barcha harakatlar eng avvalo tadbirkorlarimizning erkin faoliyat yuritishlari, ozlarini qonunning himoyasida ekanliklariga ishonch hosil qilishlariga qaratilganligida namoyon boladi.

Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati
11.12.2017