Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash dolzarb vazifa!


Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bagishlangan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi prokurori Karim Musashayxov, inspeksiyaning markaziy apparati, Toshkent filiali va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Malumki, 2017 - yil 3 - yanvar sanasidagi Ozbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonuni hamda Prezidentimizning joriy yil 2 - fevraldagi Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Yuqoridagi qonun va qaror hamda 2017-2018 yillarga moljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Davlat dasturi mazkur illatga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqdi. Dasturda korsatib otilgan vazifalarni oz vaqtida va samarali bajarish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada birinchi navbatda aholi ortasida korrupsiyaga qarshi kurashga yonaltirilgan targibot-tashviqot ishlarini takidlab otish lozim. Korxona va tashkilotlar, oliy oquv yurtlari, mahallalarda ushbu illatning oldini olishga qaratilgan koplab oquv-seminarlar, davra suhbatlari tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat hamda jamoat tashkilotlari ortasida yolga qoyilgan uzviy hamkorlik oz samarasini bermoqda. Buning natijasida huquqbuzarliklar, manfaatlar toqnashuvi, turli darajadagi suistemolchiliklarni oldi olinib, barvaqt bartaraf etilyapti. Etiborlisi, qilinayotgan amaliy ishlar xalqaro darajada ham etirof etilmoqda. Xususan, mamlakatimizning mintaqada va MDH davlatlari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish yolidagi harakatlari yuqori korsatkichga egaligi takidlandi.

- Korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari balki, barcha birgalikda kurash olib borishi orqali kutilgan natijaga erishish mumkin, - deydi Karim Musashayxov. Sababi mazkur illatni bartaraf etishda har bir fuqaroning orni beqiyos. Bugungi kunda aholi ortasida OAV orqali olib borilayotgan targibot-tashviqot ishlari va seminarlarning ahamiyatini alohida takidlab otishni istardim. Bu orqali korrupsiyaga qarshi kurashni ommaviy tashkil etish bilan birgalikda, hamyurtlarimizning huquqiy bilimini yanada rivojlantirishga erishilyapti.

Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda koplab taklif va mulohazalar ortaga tashlanib batafsil muhokama qilindi. Ishtirokchilar va ommaviy axborot vositasi xodimlari ozlarini qiziqtirgan koplab savollarga javob olishdi.

Firdavs Xayriddinov
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshligi
14.12.2017