Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni bolib otdi


2017 - yil 18 - dekabrda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan 9 - dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bagishlangan Ochiq eshiklar kuni otkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura, qator vazirlik va idoralar rahbarlari va masul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar YeXHT, BMT NJQKB, BMT TD, YeI, Jahon Banki hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi doirasida Ozbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonuni va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonunning qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi Qarori qabul qilinganligiga alohida etibor qaratildi.

2017-2018 yillarga moljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Davlat dasturi faol amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ushbu dasturiy hujjatlarni amalga oshirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (BMT, NJQKB, BMT TD, IHTT, YeXHT, ShHT, YeAG va boshqalar) bilan hamkorlikni yolga qoyish, shu jumladan Ozbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi ornini mustahkamlash, shuningdek mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan Ozbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar mavzusida xalqaro konferensiya otkazildi.
Konferensiya davomida Bosh prokuraturaning Ozbekiston Respublikasida 2017 - yilda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida erishilgan natijalar haqidagi axboroti eshitildi. Tadbir ishtirokchilari mamuriy islohotlarning amalga oshirilishi, korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligi va odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi monitoringi natijalari, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik bilan tanishtirildi.
Tadbir ishtirokchilariga Bosh prokuratura va YeXHT Ozbekistondagi Loyihalar muvofiqlashtiruvchisining Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirishda komaklashish loyihasi boyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek BMT, NJQKBning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jahonda, mintaqada, Ozbekistonda tutgan orni haqida malumot berildi.
Bosh prokuratura, YeXHT, EOAVMA, MTRK hamkorligida tayyorlangan mavzuga oid ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, Ochiq eshiklar kuni doirasida Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar 2017: yutuqlar va ustuvor vazifalar mavzusida Xalqaro press-klubning Media-forumi tashkil etilib, togridan-togri efirga uzatildi.
Bosh prokuratura, YeXHT Ozbekistondagi Loyihalar muvofiqlashtiruvchisi, tegishli vazirliklar va Ozbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida otkazilgan Eng yaxshi rasm va Eng yaxshi insho tanlovi goliblarini tantanali taqdirlash marosimi bolib otdi.
Bundan tashqari, tanlov golib va sovrindorlarining ishi hamda vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xizmatchilari va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan informatsion-targibot materiallari korgazmasi otkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklari himoya qilish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilganligi, bu borada xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Manba: prokuratura.uz
20.12.2017