Yangiliklar

Tadbirkorlik subektlari manfaatlari yolida


Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik subektlariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, davlat va hukumat tomonidan korsatilayotgan etibor hamda gamxorlik keng quloch yoyib, tom manoda yangi bosqichga chiqdi. Ularning qonuniy manfaatlari har tomonlama himoya qilinib, faoliyatlarining takomillashtirishlari uchun koplab imtiyozlar, imkoniyatlar yaratib berildi, qonun va qonunosti hujjatlar elon qilindi.
Yakuniga yetgan yilda Ozbekiston Respublikasi Temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ham ushbu yonalishda qator ijobiy ishlar amalga oshirildi Harakat xavfsizligini taminlash bosh vazifasi bolgan Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi xodimlari tadbirkorlik subektlarining huquqiy bilimlarini oshirish, ularning harakat xavfsizligini taminlashda nimalarga etibor qaratishlari lozimligi borasida muntazam tushuntirish ishlarini olib borishdi. Respublikamizning barcha hududini qamrab olgan profilaktik tadbirlar natijasida koplab kongilsiz holatlar oldi olinib, temir yollarda harakat xavfsizligini taminlashga erishildi. Buning natijasida fuqarolarimiz oz manzillariga eson-omon yetib olishdi, vagonlar orqali tashilgan turli xildagi yuk va tovarlar ham talofotlardan asrab qolindi.
Raqamlarga etibor qaratadigan bolsak, inspeksiya xodimlari temir yol shoxobchasiga ega bolgan tadbirkorlar uchun 841 ta seminarlar tashkil etishdi. Ushbu tadbirlarda jami 12 ming nafarga yaqin ishbilarmonlar qatnashib, ozlari uchun muhim bolgan malumotlarga ega bolishdi. Bevosita joylarga chiqib olib borilgan tushuntirishlar soni 1500 talik korsatkichdan oshdi. Tadbirkorlarga faoliyatlari uchun zarur bolgan qollanmalar tarqatilishi ularning huquqiy bilim va malakalarini yanada takomillashishiga xizmat qildi.
- Harakat xavfsizligini taminlash yolida profilaktik tadbirlarning orni va ahamiyati beqiyos - deydi Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi bolim boshligi Xurshid Raximjanov. Tadbirlar davomida biz nafaqat ehtimoliy kamchiliklarni bartaraf etamiz balki, ularning keltirib chiqarishi mumkin bolgan omillar va sabablarni ham tadbirkorlar bilan muhokama qilamiz. Ularga shoxobcha yollarida harakat xavfsizligini taminlash, xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida qollanmalar tarqatamiz, qoidalarni eslatib otamiz. Ishbilarmonlar bevosita muloqot davomida ozlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob olishadi va ishlarini shu yosinda tashkil etishadi.
Ochiq eshiklar kuni aksiyasi ham bu boradagi ishlarni yanada takomillashishiga, tadbirkorlarimiz oldida turgan koplab muammolarni barataraf etishga zamin yaratmoqda. Yil davomida inspeksiya xodimlari tomonidan jami 100 ga yaqin Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi va unda 550 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etishgan. Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining har birida 18 marotabadan tadbirkorlar bilan ozaro uchrashuvlar otkazilib 100 dan ortiq muammoli masalalar oz yechimini topdi.
Bugungi kunda bizga qaratilayotgan etibor, gamxorlikdan nihoyatda mamnunmiz, - deydi Transportchi shoba korxonasi direktori Gulnara Bekirova. 16 kmdan ortiq shoxobcha temir yoliga egamiz. Ushbu yol orqali turli yuklarni 50 dan ortiq korxonalarga talofotsiz, oz vaqtida yetkazib beryapmiz. Joriy yilda hamkorlarimiz soni oshib umumiy daromadimiz hajmi ham sezilarli darajada ortishini kozlab turibmiz. Buning uchun shoxobcha yollarida harakat xavfsizligini taminlash naqadar dolzarb va muhim masalalardan ekanligini barchaga birdek ayon. Bu borada Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi xodimlarining olib borayotgan ijobiy ishlari, tushuntirishlari bizga qol kelmoqda. Ular sohadagi yangi qarorlar, normativ hujjatlar bilan bizni batafsil tanishtirib otib, kerakli korsatmalar beradilar. Viloyatimizda tashkil etilgan Ochiq eshiklar kunida bizni oylantirib turgan muammolar bilan ortoqlashib, kerakli xulosalarga ega boldik.
Inspeksiya boshligi va filiallar qoshida tashkil etilgan ishonch telefonlari orqali yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar ham qonuniy asosda tezkorlik bilan ijobiy hal qilinmoqda. Inspeksiya vakolatiga kirmaydigan murojaatlar esa, 5 kundan ortiq bolmagan muddatda tegishli korxona va tashkilotlarga yonaltirilib, bu haqda murojaatchi xabardor qilinadi.
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi 2018 yil Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida tadbirkorlik subektlarining shoxobcha yollarida harakat xavfsizligini taminlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yolidagi ishlarni muvaffaqiyatli davom ettirishni oz oldiga asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab olgan.


Firdavs Xayriddinov
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshligi
15.01.2018