Yangiliklar

Qarshida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi


Temir yollarda harakat xavfsizligini nazorat qilish bosh vazifasi bolgan Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi xodimlari temir yol shoxobchasiga ega bolgan tadbirkorlik subektlarining huquqiy bilimlarini oshirish borasida muntazam tadbirlar tashkil etishadi. Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining sozsiz amalga oshirilishini taminlash maqsadida inspeksiyaning Qashqadaryo filialida seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Qarshi mintaqaviy temir yol uzeliga qarashli temir yol stansiyalarida temir yol xizmatlaridan foydalanayotgan 20 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi va faoliyatlari uchun muhim bolgan koplab malumotlarga ega bolishdi.
Seminar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 28 - noyabrdagi 948-sonli Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaror muhokamasi bilan boshlandi. Qarorda kozda tutilgan maqsad va vazifalar yigilganlarga batafsil tushuntirib berildi, har bir bobga alohida toxtalib otildi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 - yil 5 - oktyabrda qabul qilingan Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora - tadbirlari togrisidagi 4848 - sonli Farmoni va Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017 - yil 14 - martdagi Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xojalik yurituvchi subektlar yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va otkazish tartibi togrisidagi qaror mohiyati bilan tanishtirib otildi.
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi Qashqadaryo filiali boshligi Olim Qurbonnazarov sozga chiqib tadbirkorlarimiz uchun bugungi kunda yaratib berilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, davlat tomonidan korsatilayotgan gamxorlik borasida batafsil toxtalib otdi. Jumladan, kun tartibidan orin olgan qaror va farmonlarning mohiyati, maqsadi va tadbirkorlarimiz manfaatlarini ozida aks ettirgan jihatlar borasida axborot berdi.
Progress - qurilish-servis MChJ vakili Sh.Askarov, Muborak IEM AJ VAKILI A.Raxmatovlar temir yol transporti sohasida harakat xavfsizligini taminlash masalalari boyicha kadrlarni professional darajada qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida savollar bilan murojaat etishdi va toliq malumotga ega bolishdi.
Aynan Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 28 - noyabrdagi 948-sonli Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi qoshida Ozining temir yollariga ega bolgan yuridik shaxslarning temir yol transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi tashkil etilishi ko`zda tutilgani va uning faoliyati toliq tushuntirib otildi. Tadbirkorlar ozlarini qiziqtirgan sohaga doir yana koplab savollariga javob olishdi.

Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi
Axborot xizmati
22.01.2018