Yangiliklar

Poyezd harakatiga halal bermaylik!


Temir yol transporti sabab ogrimiz yengil, uzogimiz yaqin bolyapti. Birgina misol yaqin yillargacha voha viloyatlaridan Fargona vodiysiga yol olish uchun avval Toshkentga borish, u yogiga boshqa transport vositasida dovon oshishga togri kelardi. Bu oz navbatida ortiqcha xarajat, qolaversa qimmatli vaqtning behudaga ketishiga olib kelardi. Bugun zamonaviy poyezdlarda respublikamizning istalgan nuqtasiga oson va tez yetib olish mumkin.
Temir yollarda ijobiiy ozgarishlar bilan birga etiborni kuchaytirish lozim bolgan jihatlar ham yoq emas. Ayniqsa, temir yol va avtoyol kesishmalarida harakat xavfsizligiga jiddiy etibor qaratish lozim. Ayrim haydovchilarning shoshma-shosharligi natijasida kongilsiz holatlar uchrab turibdi. Jumladan, otgan yilning 17 - oktyabr kuni Qorovulbozor-Razezd-145 bekatlari oraligidagi 4021 kilometrida mahalliy fermer xojaliklaridan biriga tegishli traktor bilan elektropoyezd toqnashib ketgan. Organishlar natijasida mazkur holatda ushbu hududdagi qoriqlanmaydigan temir yol kesishmasidan otish qoidalari haydovchi tomonidan qopol ravishda buzilgani aniqlangan.
Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida joylarda targibot-tashviqot, tushuntirish ishlari, mahalliy aholi bilan davra suhbatlari otkazilib kelinyapti. Shuningdek, tezyurar poyezdlar yonalishi ustida joylashgan kesishmalarga zamonaviy, avtomatik tosiqqoyar moslamalar ornatilmoqda. Mamlakatimiz hududida temir yol harakati xavfsizligini taminlash maqsadida Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi qoshida doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tuzildi. Tasdiqlangan rejaga asosan, yiliga ikki marotaba Ozbekiston temir yollari AJ, Ozavtoyol DAK va IIB xodimlari inspeksiya mutaxassislari bilan hamkorlikda temir yol kesishmalarida korik otkazishmoqda.
Barcha amaliy ishlar harakat xavfsizligini taminlash va bu orqali fuqarolarimizni turli noxushliklardan saqlab qolish, ularning temir yol transportidan unumli va sifatli foydalanishlariga zamin yaratishga qaratilgan.


Salim Mamalatipov
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Buxoro filiali inspektori
29.01.2018