Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan kora oldini olish muhim!


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 - fevraldagi PF-4947-son Farmoni talablarini bajarish, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shuningdek, ularning oqibatlarini monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tizimli olib borilishini taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 28 - dekabrda 1027-sonli Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish togrisidagi Qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi tashkil etildi. Yuqoridagi Qaror mohiyatining dolzarbligini inobatga olgan holda, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, ularning oqibatlarini kamaytirish maqsadida Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasida mavzuga doir seminar tashkil etildi.
Dastlab yigilganlarga turli vaziyatlardagi etiborsizlik oqibatlari aks ettirilgan qisqa metrajli filmlar namoyish etildi. Filmlarda aksariyat holatlarda kichik etiborsizlik, loqaydlik asnosida vujudga kelgan ulkan talofotlar natijasi namoyish etildi.
Tadbirning asosiy qismida Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Fuqaro muhofazasi instituti katta oqituvchisi, podpolkovnik Rixsivoy Sobirov yuqoridagi qaror mohiyati hamda yuk va yolovchi poyezdida avariya holatida, tunellarda, metropolitenda yongin chiqqanda qanday harakatlanish lozimligi togrisda maruza qildi. Shuningdek, maruzachi mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli ishlar togrisida batafsil toxtalib otildi.
- Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etilgani tizimdagi vazirlik va idoralar ishi samaradorligini oshirish bilan birgalikda, favqulodda vaziyatlarni oldini olishga ham qo`l keladi, - deydi Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi AKT bolimi boshligi Sherzod Nabiyev. Bugungi tadbirda mazkur qarorning mohiyati, maqsadi bilan atroflicha tanishib ozimiz uchun kerakli malumotlarga ega boldik. Favqulodda vaziyatlar aks ettirilgan filmlar va undagi holatlar muhokamasi ham barchaga foydali boldi deb bilaman.
Tadbir songida qatnashchilar soha doirasida ozlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.


Firdavs Xayriddinov
Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshligi
12.02.2018