Yangiliklar

Ehtiyotsizlik umr zavoli!


Hozirda Ozbekiston temir yollari aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli 585 ta temir yol kesishmalari mavjud bolib, ulardan 176 tasi qoriqlanadigan yol kesishmalaridir. Temir yol kesishmalarida svetoforlar, turli signallar, yol korsatkichlari va katta tezlik bilan poyezd kelayotgani togrisidagi ogohlantirish belgilariga haydovchilar sozsiz amal qilishlari kerak bogan qonun - qoidalardir. Shuning uchun yol kesishmalaridan otishda avtomobil haydovchilaridan har doim xushyorlik talab etiladi. Lekin avtoulovni boshqarayotgan ayrim haydovchilar hamisha ham qonun qoidalarga amal qilishmaydi. Noxush holatlar kelib chiqishiga, eng avvalo avtomobil haydovchilari yol harakat xavfsizlik qoidalarini buzishi sabab bolmoqda. Jumladan, otgan 2017 - yil davomida Respublikamizda temir yol kesishmalarida poyezdlar bilan avtomobillar toqnashuvlari 40 marta sodir boldi. Bu toqnashuvlar oqibatida fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olgani va bazi hollarda hayotdan erta koz yumganini keltirish mumkin.
Xavfli sanalgan yol kesishmalarida bunday toqnashuvlarning oldini olish maqsadida Ozbekiston temir yollari aktsiyadorlik jamiyatida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, toqnashuvlarning oldini olish maqsadida avtomobillar serqatnov bolgan, tezyurar poyezdlar otadigan yol kesishmalarida avtomobil yolini tosib qoyuvchi yangi avtomatik qurilmalar ornatilgan. Shuningdek, ToshkentSamarqand uchastkasida joylashgan temir yol kesishmalarida videokuzatuv tizimi ornatildi va kesishmalarda aniqlanayotgan qoida buzarliklar boyicha IIV YXXB tomonidan mamuriy jazo choralari korilmoqda.
Yol kesishmalaridagi toqnashuvlarning oldini olish maqsadidaOzdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi, Ozbekiston temir yollari aktsiyadorlik jamiyati, IIV YXXB xodimlari va mutasaddilari muntazam ravishda avtoxojaliklarda, sanoat korxonalarida, xususiy avtomobil egalari orasida hamda temir yol yaqinida yashovchi avtomobili bor aholi ortasida, maktab va mahallalarda, haydovchilar tayyorlash oquv maskanlarida bu borada suhbat otkazib kelinmoqda.
Olib borilayotgan profilaktik ishlarga qaramasdan avtoulovni boshqarayotgan ayrim haydovchilar hamisha ham qonun qoidalarga amal qilishmayotganligini korish mumkin. Toqnashuvlar kelib chiqishiga, eng avvalo avtomobil haydovchilari yol harakat xavfsizlik qoidalarini buzishi sabab bolmoqda. Jumladan, joriy yilning 10 - fevral kuni Jizzax viloyatida Paxtakor-Dostlik bekatlari oraligidagi 3531 kmda joylashgan qoriqlanmaydigan temir yol kesishmasida 3601 poyezd Jiguli rusumli avtotransport bilan toqnashgan. Ushbu holatning kelib chiqishi tahlil qilinganida avtotransport haydovchisi poyezd kelayotganini korgan holda toxtamasdan harakatlangani, temir yol kesishmasi belgilari talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.
Agarda har bir avtotransport haydovchilari temir yol kesishmasidan otayotganda qoidalarga rioya qilsa, noxush holatlar yuz bermaydi. Avtotransport haydovchilari oz hayoti bilan birgalikda yolovchilarning ham hayotiga masulligini bir zum bo`lsada unutishlari mumkin emas.

F.N. Xayriddinov
Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi Axborot xizmati boshlig`i
A.A. Dushayev
Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasining Toshkent filiali inspektori
05.03.2018