Yangiliklar

Xususiy tadbirkorlik manfaatlari ustuvorligini
taminlash yolida



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 - yil 22 - yanvardagi 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi togrisidagi farmoni joriy yildagi islohotlarimiz asosini belgilab berdi. Mazkur farmonda amalga oshirilishi kozda tutilgan chora-tadbirlar xalqimizga zor quvonch, alohida kuch-quvvat bagishlamoqda. Faol tadbirkor deganda, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish orinlari yaratib, nafaqat ozini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlar tushuniladi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoliga otmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi goyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Har bir davlat xizmatchisi har kuni ozining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart degan qoidani royobga chiqarishga alohida etiborni qaratishi lozimligi belgilab qoyildi.
Mustaqqillik yillarida Ozbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yolidagi ortiqcha byurokratik tosiq va govlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, temir yollarda harakat xavfsizligini nazorat qilishga masul bolgan Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi tomonidan bugungi kunda tadbirkorlik subektlariga har tomonlama komak berib kelinmoqda. Birgina joriy yil boshidan buyon Kort MChJ, Toshkent Rizq Baraka MChJ, Tarleplast QK, Don matlubot MChJ, Shakki sadr MChJ, Barakat alfa MChJ, Agrover va Milanodreamtrade MChJ korxonalarida tadbirkorlik va kichik biznesni qollab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga bagishlangan profilaktik tadbirlar olib borildi. Unda tadbirkorlik subektlariga zaruriy maslahatlar va harakat xavfsizligini taminlash borasida amaliy yordamlar berildi.
Bundan tashqari Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi Toshkent filiali tomonidan Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida temir yol sohasida faoliyat yurituvchi xojalik subektlari uchun muntazam ravishda ochiq eshiklar kuni tashkil etilib kelinmoqda.
Shuningdek, filialda ishonch telefoni (0 -371) 299-94-38 hamda h.h.atahajaev@rwnadzor.uz saytlari tashkil etilgan bolib, ushbu manzillarga kelib tushayotgan har bir murojaat ornatilgan tartibda korib chiqilmoqda. Barcha harakatlar ishbilarmonlar huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga qaratilgan.



Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig`i
Xayriddinov F.N.

Ozdavtemiryolnazorat davlat inspeksiyasi
Toshkent filiali inspektori
Anvar Dushayev
12.03.2018