Yangiliklar

Hashar azaliy ananalarimiz namunasi!


Har yili milliy bayramlarimizdan biri bolmish Navroz arafasida respublikamiz boylab umumxalq xayriya hashari tashkil etilishi va unda yoshu-qari birdek oz hissasini qoshishi urfga aylangan. Zero, hashar qadriyatlarimiz, milliy ananalarimizning ajralmas qismi sanaladi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 10 martdagi farmoyishiga binoan shu yilning mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish oyligi, 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari otkazilishi belgilangan. Unda atrof muhitni obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish qatori qariyalar, imkoniyati cheklangan va yordamga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinadi, ularga moddiy va manaviy komak beriladi.
Ushbu ezgu tadbirlarga davlat va jamoat tashkilotlari, vazirlik hamda idoralar, korxona va muassasa xodimlari ham ozlarining munosib ulushlarini qoshishadi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy filiallarida ham umumxalq hashari katta xursandchilik bilan tashkil etildi. Inspeksiyaning barcha xodimlari qatnashgan tadbir chin Navroz shukuhida, bahoriy kayfiyatda otdi.
Hashar eng avvalo ozodalik, tozalik, mehr-muruvvat, oqibat, qariyalarga ehtirom korsatish kabi millatimizga xos bolgan ezgu amallarni o`zida mujassamlashtirgani bilan qadrlidir, - deydi Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi xodimi Gulnoza Jalolova. Kunimizning asosiy qismi otadigan xonalarimizni ozoda va saranjom tutish mehnat samaradorligiga ham ijobiy aks etishi aniq. Qolaversa, jamoamiz bilan birgalikda tobora yaqinlashib kelayotgan Navroz ayyomiga ham tayyorgarlik kordik. Barcha joyni bezadik. Endi mazkur ishlarni mahalla va kop qavatli uylarimizda davom ettiramiz.


Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi
Axborot xizmati
19.03.2018