Yangiliklar

Xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash burchimizdir


Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari halqimizga xizmat qilishi kerak degan ezgu g'oyaning, eng avvalo, xalq bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta'minlash orqali hayotga amaliy tadbiq etilishiga qaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 - yil 22 - yanvardagi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risidagi farmoni joriy yildagi islohotlarimiz asosini belgilab berdi. Mazkur farmonda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan chora-tadbirlar xalqimizga zo'r quvonch, alohida kuch-quvvat bag'ishlamoqda. Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya'ni, zamonaviy yondashuvlar, ilg'or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo'nalishdir. Faol tadbirkor, deganda, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o'rinlari yaratib, nafaqat o'zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlar tushuniladi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Har bir davlat xizmatchisi har kuni o'zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart degan qoidani ro'yobga chiqarishga alohida e'tiborni qaratishi lozimligi belgilab qo'yildi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ortiqcha byurokratik to'siq va g'ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspeksiyasi tomonidan bugungi kunda turli shakldagi tadbirkorlik sub'ektlariga har tomonlama ko'mak berib kelinmoqda. Jumladan, inspeksiyaning Qashqadaryo filialida joriy yil boshidan Ochil ota XF, Temir yo'l transporti va qurilish birlashmasi DUK, "Wood dekor production MChJ, "Progrogress kurilish servis" MChJ, Qashqadaryo oziq-ovqat mollari MChJ, "Qashqadaryo viloyat o'quv ta'lim ta'minoti DUK, Bunyodkor qurilish MChJ, "Ekspress temir beton" MChJ, "Dasht xamkor fayz" MChJ kabi o'nlab korxonalarda tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga bag'ishlangan profilaktik tadbirlar olib borildi. Tadbirlar davomida tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli maslahatlar va kamchiliklarni bartaraf qilinishi borasida amaliy yordamlar berildi. Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yilida belgilangan vazifalarni yana bir amaliy ijrosi sifatida, ayni paytda yuzaga kelayotgan muammolarni tub mohiyatini aniqlash maqsadida filial tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida temir yo'l sohasida faoliyat yurutuvchi xo'jalik sub'ektlari uchun muntazam ravishda ochiq eshiklar kuni tashkil etilib kelinmoqda. Shuningdek, filialda (0-375) 227-11-23 ishonch telefonlari tashkil etilgan va kelib tushgan har bir murojaat o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilishi ko'zda tutilgan.

O.Qurbanazarov - O'zdavtemiryo'lnazorat inspeksiyasi Qashqadaryo filiali boshlig'i
F.Xayriddinov - O'zdavtemiryo'lnazorat inspeksiyasi Axborot xizmati boshlig`i
26.03.2018