Yangiliklar

Temir yol kesishmasida qoidalarga amal qiling!


Mamlakatning qon tomirlari deya etirof etiluvchi temir yollar nafaqat aholining uzogini yaqin qiladi, balki yurt obodligi hamda taraqqiy etishiga ham xizmat kiladi. Chunki bu yollar orqali ming - ming tonnalab sanoat, qurilish, qishloq xojaligi mahsulotlari buyurtmachi hamda istemolchilarga yetkazilmoqda.
Ayni paytda Termiz temir yul masofa korxonasi tasarrufiga qarashli jami 42 ta temir yo`l kesishmasi mavjud. Ularning hammasi Termiz Qumqo`rgon, Termiz Boldir yo`nalishlarida joylashgan. Katta avtomobil yollar bilan tutashgan temir yol kesishmalarining 7 tasi doimiy qoriqlanadi, qolgan 35 tasi esa qoriqlanmaydigan temir yol kesishmalariga kiradi.
Shu yilning 20 mart sanasidan boshlab qoshimcha 3-4 sonli Termiz Toshkent va 397-398 sonli Termiz Andijon, 353-354 sonli Termiz Qongirot yolovchi poyezdlar qatnovi yolga qoyildi. Shu bois, Termiz temir yol masofa korxonasi mutaxassislari temir yol yaqinida joylashgan tashkilotlar, mahallalar, oquv maskanlarida ishchi-xizmatchilar, oquvchilarni yigib, uchrashuvlar tashkil etishib, temir yol kesishmalaridan otish qoidalari, ularga amal qilmaslikning salbiy oqibatlari xususida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Joriy yilning otgan davri mobaynida 27 marotaba shunday uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 2263 nafar fuqaroning ishtiroki taminlandi. Natijada, otgan yilning shu davriga nisbatan kesishmalardagi qoidabuzarliklar ancha kamaydi.
Mavridi kelganda shuni ham aytib otish kerakki, songgi vaqtda Termiz Qumqorgon, Termiz Boldir yonalishida temir yol yaqinida yashaydigan aholi tomonidan temir yol atroflarida chorva mollarini boqish va qarovsiz qoldirish yoki yosh bolalarga ishonib tashlab ketish holatlari bot-bot uchrab turibdi. Buning oqibatida chorva mollari temir yolga chiqib, poyezdlar harakatini murakkablashtirmoqda. Boz ustiga ushbu joylarda ayrim yosh bolalar tomonidan relslar ustiga har xil narsalarni qoyib ketish hollari ham uchrayapti.
Eng achinarlisi, temir yolga yaqin joyda istiqomat qilayotgan aholi temir yollar atrofiga chiqindi tokib, atrof-muhitga ziyon yetkazishmoqda. Temir yol xammamizniki. Har birimiz temir yol xizmatidan foydalanamiz. Bas, shunday ekan, temir yollar atrofini toza-ozoda saqlanishiga va harakat xavfsizligini taminlashga barchamiz oz hissamizni qoshmogimiz shart.


Ozdavtemiryo`lnazorat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig`i
F.Xayriddinov,
Ozdavtemiryo`lnazorat inspeksiyasi
Qashqadaryo filiali boshligi
O. Qurbonnazarov
02.04.2018