Yangiliklar

Qaror loyihasi bo`yicha yana bir yig`ilish


2018 - yil 10 - mayda Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasining majlislar zalida Ajratilgan mintaqa va sanitariya-himoya (muhofaza) zonalarida uy-joy va mulk obektlarini qurishni taqiqlovchi Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasi ishchi-guruhining navbatdagi kengaytirilgan yigilishi bolib otdi. Yigilishni ishchi-guruh raisi inspeksiya boshligi D.B.Axmedov olib bordi.
Oldin xabar qilinganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2017 - yil 13 - dekabrda otkazilgan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi va uning tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish ishlari natijadorligi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisidagi yigilishda berilgan topshiriqqa muvofiq Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Yol xaritasi ishlab chiqilgan. Bosh vazirning birinchi orinbosari A.J.Ramatov tomonidan muhofaza zonalarida va qizil chiziqlarga tutash hududlarda obektlarni joylashtirish mezonlari zamonaviy talablar asosida qayta korib chiqish boyicha tasdiqlangan Yol xaritasining 6-bandida Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasiga Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ajratilgan mintaqa va sanitariya-himoya (muhofaza) zonalarida uy-joy va mulk obektlarini qurishni taqiqlovchi Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.
Qaror loyihasini puxta tayyorlash maqsadida Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi boshligi boshchiligida manafaatdor vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat ishchi-guruh tuzilib, hamkorlikda kozlangan maqsad sari reja asosida ishlar amalga oshrilmoqda. Ishchi-guruhning dastlabki yigilishida loyihaning ahamiyati va dolzarbligi togrisida batafsil toxtalib, vazirlik va idoralar xodimlari oz fikr mulohazalari bilan ortoqlashishgandi. Yakunda har bir vazirlik va idora vakili loyihaning dastlabki variantiga oz taklif va etirozlarini asoslantirgan holda, yozma ravishda bildirishi takidlab otildi.
Navbatdagi majlis bildirilgan fikr va mulohazalarning muhokamasi, etirozlarning qanday qonun hujjatiga asoslantirilgani togrisida kechdi. Har bir yigilish ishtirokchisi oz taklifini muhokamada himoya qilib, asoslab berishga urindi. Bahs-munozaralar ostida kechgan yigilishda Qonun loyihasi yanada puxta holatga keltirilib, takomillashdi.
Barcha takliflar va eng songgi qoshimchalar 18 - mayga qadar ishchi guruhga taqdim etilishi va barcha takliflar umumlashtirilib, Qaror loyihasi muhokamaga qoyilishi kelishib olindi.

Firdavs Xayriddinov
Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshligi
10.05.2018