Yangiliklar

Asosiy vazifa: Harakat xavfsizligini ta'minlash!


Temir yo'l transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga, shuningdek, yuklarni tashish qoidalari, temir yo'l transportida yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalariga hamda temir yo'lda tashishlar xavfsizligini ta'minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo'l transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob'ektlari va texnik vositalarini saqlash, ta'mirlash, ularga xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilinishi shart.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo'l uchastkasida poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlanishini nazorat qilish bo'yicha “O'zdavtemiryo'lnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo filialida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo'l uchastkasida infratuzilmaning texnik holatini yo'l va kontakt tarmog'i o'lchagich vagon-laboratoriyalari bilan kuzatuv olib borilib, aniqlanayotgan kamchiliklarni o'z vaqtida tezkor bartaraf etilishi, qayta takrorlanayotgan kamchiliklarni oldi olinishi, temir yo'l kesishmalari qurilmaning texnik holati, me'yoriy hujjatlarni to'g'ri yuritilishi hamda qoidabuzar haydovchilarga nisbatan “bildirgi” qog'ozlarining to'ldirilishi nazoratga olingan. Shuningdek, poezdlarni vagon xo'jaligi kuzatuvchilari tomonidan o'z vaqtida kuzatilishi, yo'l xo'jaligi, kontakt tarmoqlari, yuqori kuchlanishli nimstantsiyalari, signalizatsiya va aloqa qurilmalariga texnik xizmat ko'rsatilishi, poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash yuzasidan olib boriladigan me'yoriy hujjatlarni yuritilishi, temir yo'l uchastkasida joylashgan suv qochirish inshootlarini, temir yo'l va avtomobil o'tish ko'priklarining texnik holatini o'rganish, ko'rikdan o'tkazish, belgilangan me'yoriy hujjat va chora-tadbirlarni bajarilishi, infratuzilmasi holatini o'rganish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish, ijrochilar tomonidan chora-tadbir ishlab chiqishni ta'minlash, belgilangan tadbirlarning bajarilishiga qat`iy rioya qilinishi muntazam diqqat-e`tiborda.
“O'zbekiston temir yo'llari” AJ Qarshi MTU, “O'zavtoyo'l” AK Qashqadaryo viloyat filiali, Qashqadaryo viloyati IIV YXXB xodimlari, hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo'l uchastkasida joylashgan temir yo'l kesishmalarida bahorgi komissiya ko'rigi o'tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko`rilgan.

F.Xayriddinov
Axborot xizmati boshlig`i

O.Kurbanazarov
Inspeksiyaning Qashqadaryo filiali boshlig'i
14.05.2018