Yangiliklar

Soha xodimlariga huquqiy axborot berildi


2018 - yil 18 - mayda O'zbekiston Respublikasi Temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qashqadaryo filialida shaxobcha temir yo'li javobgar xodimlari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda bir qator masalalar ko'rib chiqildi.
Filial boshlig'i Olim Qurbanazarov temir yo'l transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga, shuningdek, yuklarni tashish qoidalari, temir yo'l transportida yo'lovchilar tashish qoidalariga hamda temir yo'lda tashishlar xavfsizligini ta'minlash sohasida amalga oshrilayotgan ishlar to`g`risida so`z yuritdi. Temir yo'l transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob'ektlari va texnik vositalarini saqlash, ta'mirlash, ularga xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilinishi muhimligi to'g'risida alohida to'xtalib o'tildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 28 - noyabrdagi 948-sonli «O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori to'g'risida atroflicha malumot berildi. Fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taminlash zarurligi ta`kidlab o'tildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 09 apreldagi №-278 sonli «Mahalliy va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha temir yo'l transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha litsenziya olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar to'g'risida batafsil to'xtalib, alohida tushuntirishlar berildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash dolzarb vazifalardan ekanligi aytib o'tildi. Yig'ilishda “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” vakili U.Ravshanov, “Dunyo-M” AJ xodimi S.Xo'jamov, “Qarshi yog` ekstraktsiya” AJ vakili A.Samadov temir yo'l transporti sohasida harakat havfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida qator savollar bilan murojaat qilishdi. Barcha savollarga aniq javob qaytarildi.

F.Xayriddinov
Axborot xizmati boshlig`i

O.Kurbanazarov
Inspeksiyaning Qashqadaryo filiali boshlig'i
18.05.2018