Yangiliklar

Litsenziya kimlarga beriladi?


Temir yollarda yuk va yolovchi tashish faoliyatini litsenzilash tartibi takomillashtirilib, zamonaviy talablarga muvofiqlashtirildi. Bu borada Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 9 - apreldagi 278-sonli Mahalliy va xalqaro yonalishlar boyicha temir yol transportida yolovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori muhim asos bolganligini takidlab otish lozim. Mazkur qaror mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subektlariga batafsil tushuntirish boyicha Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi tomonidan aniq rejaga asosan targibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi tadbirda Toshkent viloyati va poytaxt vakillari ishtirok etishdi. Yigilganlar litsenziya olishdagi talablar, litsenziya olish tartibi, muddati, mavjud litsenziyalarni uzaytirish tartibi borasidagi qimmatli malumotlarga ega bolishdi.
2018 - yil 8 - iyun kuni inspeksiya markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlari hamda shaxobcha temir yollariga ega bolgan tadbirkorlik subektlari ishtirokidagi mazkur tadbirda boshqa hukumat qarorlari, harakatlar strategiyasiga asosan Yol xaritalari, 2017-2018 yillarga moljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Davlat dasturi ijrosini taminlash boyicha ham soz yuritildi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5409 sonli Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari togrisida gi Farmonidagi tadbirkorlar manfaatlari yolida kozda tutilgan imtiyozlar, litsenziya olish muddatlaridagi yangiliklar borasida axborot berildi. Farmonga binoan litsenziya berish muddatlari qisqarganligi va tadbirkorlar manfaatlari yo`lidagi boshqa yangiliklar bilan tanishtirib o`tildi.
Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3221 sonli Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Qarori, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 948-sonli Ozbekiston Respublikasi Temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish togrisidagi hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 211-sonli Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yol mahsulotini ishlab chiqarishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qarorlari togrisida batafsil toxtalib otildi.
Tadbirkorlar harakat xavfsizligini taminlash maqsadida nimalarga qatiy rioya qilishlari lozimligi borasida ham bilim va malakalarini oshrib olishdi.

Firdavs Xayriddinov
xborot xizmati boshlig`i
09.06.2018