Yangiliklar

Targibot tadbirlari davom ettirilmoqda


Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 9 - apreldagi 278-sonli Mahalliy va xalqaro yonalishlar boyicha temir yol transportida yolovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori mazmun mohiyatini tadbirkorlik subektlari va keng jamoatchilikka yetkazish tadbirlari davom ettirildi. Navbatda uchrashuv 2018 yil 13 iyun kuni Guliston stansiyasida Ozdavtemiryolnazorat inspeksiyasi markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlari hamda shaxobcha temir yollariga ega bolgan tadbirkorlik subektlari ishtirokida tashkil etildi.
Dastlab yigilganlarga Qaror mazmun-mohiyati, litsenziya olish tartibi va ushbu sohadagi yangiliklar boyicha batafsil tushuntirish berildi. Bunudan tashqari tadbirkorlik subektlari manfaatlari, litsenziyalash tartibini tartibini soddalashtirish, litsenziya berish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5409 sonli Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari togrisida gi Farmonida kozda tutilgan imtiyozlar, litsenziya olish muddatlaridagi yangiliklar haqida soz yuritildi.
2017-2018 yillarga moljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Davlat dasturi ijrosini inspeksiya doirasida taminlashga qaratilgan ishlar borasida ham axborot berildi.
Shuningdek, majlisda Temir yol transporti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3221 sonli Ozbekiston Respublikasi temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Qarori, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 948-sonli Ozbekiston Respublikasi Temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish togrisidagi hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 211-sonli Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yol mahsulotini ishlab chiqarishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qarorlari togrisida toxtalib otildi.
Tadbir ishtirokchilari harakat xavfsizligini taminlash borasidagi ozlarini qiziqtirgan koplab savollariga mutaxassislardan aniq va batafsil javob olishdi.

Firdavs Xayriddinov
xborot xizmati boshlig`i
14.06.2018