Yangiliklar

Yuqori tezlikdagi hudud xavfsizligini ta`minlash yo`lida…


Kunlar isishi bilan o`lkamizning turistik salohiyati oshadi. Toshkent shahri orqali sayohatlarning asosiy qismi “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdi bilan Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlariga kelishyapdi. “Afrosiyob” 250 kilometr soat tezlikda harakatlanmoqda.
Shubhasiz, temir yo`llarda xavfsizlikni yanada kuchaytirish hayot talabiga aylandi. “O`zdavtemiryo`lnazorat”davlat inspeksiyasi, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, mintaqaviy temiryo`l uzeli, viloyat va shahar IIB vakillari, “O`zdavavtoyo`l” DAK bilan hamkorlikda havfsizlik choralari kuchaytirilgan. Ya`ni temiryo`l kesishmasiga doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo komissiya faoliyati yo`lga qo`yilgan. Yilda ikki marta bahorgi va kuzgi ko`rik kunlarini o`tkazilmoqda.
Yakuniga yetayotgan bahorgi ko`rik davomida qoidabuzarlik sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bunday xato va kamchiliklar oddiy e`tiborsizlik, loqaydlik natijasida yuzaga kelayotgani achinarli hol.
Shu yilning may oyida Bulung`ur-Jomboy temir yo`l kesishmalarida qoidabuzarlik aniqlandi. Vaholanki, yangi avtomatik qurilmalar o`rnatilgan. Bu qurilmalar temir yo`l kesishmasida avtomobil yo`lini avtomatik ravishda to`sib qo`yadi. Poezdning xavfsiz harakatlanishini ta`minlaydi. To`qnashuvlarni oldini oladi.
“O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasi mutasaddilari korxona va tashkilotlar hamda temir yo`l yaqinida yashovchi aholi bilan doimiy tushuntirish tadbirlarini olib borildi. Maktab, mahalla, haydovchilar tayyorlash o`quv maskanlarida suhbat uyushtirildi.
Agar temir yo`l kesishmalaridan o`tishda hushyorlikni oshirsak, o`zimizni ham, o`zgalarni ham asragan bo`lardik.


Salim Mamalatipov, “O`zdavtemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
inspektori
Firdavs Xayriddinov
“O`zdavtemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig`i
18.06.2018