Yangiliklar

Tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlari yo‘lida


Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, davlat va hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor hamda g‘amxo‘rlik keng quloch yoyib, tom ma’noda yangi bosqichga chiqdi. Ularning qonuniy manfaatlari har tomonlama himoya qilinib, faoliyatlarining takomillashtirishlari uchun ko‘plab imtiyozlar, imkoniyatlar yaratib berildi, qonun va qonunosti hujjatlar e’lon qilindi.
Yakuniga yetgan yilda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda qator ijobiy ishlar amalga oshirildi Harakat xavfsizligini ta’minlash bosh vazifasi bo‘lgan “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy bilimlarini oshirish, ularning harakat xavfsizligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligi borasida muntazam tushuntirish ishlarini olib borishdi. Respublikamizning barcha hududini qamrab olgan profilaktik tadbirlar natijasida ko‘plab ko‘ngilsiz holatlar oldi olinib, temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga erishildi. Buning natijasida fuqarolarimiz o‘z manzillariga eson-omon yetib olishdi, vagonlar orqali tashilgan turli xildagi yuk va tovarlar ham talofotlardan asrab qolindi.
Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, inspeksiya xodimlari temir yo‘l shoxobchasiga ega bo‘lgan tadbirkorlar uchun 841 ta seminarlar tashkil etishdi. Ushbu tadbirlarda jami 12 ming nafarga yaqin ishbilarmonlar qatnashib, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bevosita joylarga chiqib olib borilgan tushuntirishlar soni 1500 talik ko‘rsatkichdan oshdi. Tadbirkorlarga faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan qo‘llanmalar tarqatilishi ularning huquqiy bilim va malakalarini yanada takomillashishiga xizmat qildi.
- Harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida profilaktik tadbirlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos - deydi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Raximjanov. Tadbirlar davomida biz nafaqat ehtimoliy kamchiliklarni bartaraf etamiz balki, ularning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar va sabablarni ham tadbirkorlar bilan muhokama qilamiz. Ularga shoxobcha yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida qo‘llanmalar tarqatamiz, qoidalarni eslatib o‘tamiz. Ishbilarmonlar bevosita muloqot davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob olishadi va ishlarini shu yo‘sinda tashkil etishadi.
“Ochiq eshiklar kuni” aksiyasi ham bu boradagi ishlarni yanada takomillashishiga, tadbirkorlarimiz oldida turgan ko‘plab muammolarni barataraf etishga zamin yaratmoqda. Yil davomida inspeksiya xodimlari tomonidan jami 100 ga yaqin “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi va unda 550 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etishgan. Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining har birida 18 marotabadan tadbirkorlar bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazilib 100 dan ortiq muammoli masalalar o‘z yechimini topdi.
Bugungi kunda bizga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlikdan nihoyatda mamnunmiz, - deydi “Transportchi” sho‘’ba korxonasi direktori Gulnara Bekirova. 16 kmdan ortiq shoxobcha temir yo‘liga egamiz. Ushbu yo‘l orqali turli yuklarni 50 dan ortiq korxonalarga talofotsiz, o‘z vaqtida yetkazib beryapmiz. Joriy yilda hamkorlarimiz soni oshib umumiy daromadimiz hajmi ham sezilarli darajada ortishini ko‘zlab turibmiz. Buning uchun shoxobcha yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash naqadar dolzarb va muhim masalalardan ekanligini barchaga birdek ayon. Bu borada “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlarining olib borayotgan ijobiy ishlari, tushuntirishlari bizga qo‘l kelmoqda. Ular sohadagi yangi qarorlar, normativ hujjatlar bilan bizni batafsil tanishtirib o‘tib, kerakli ko‘rsatmalar beradilar. Viloyatimizda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da bizni o‘ylantirib turgan muammolar bilan o‘rtoqlashib, kerakli xulosalarga ega bo‘ldik.
Inspeksiya boshlig‘i va filiallar qoshida tashkil etilgan ishonch telefonlari orqali yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar ham qonuniy asosda tezkorlik bilan ijobiy hal qilinmoqda. Inspeksiya vakolatiga kirmaydigan murojaatlar esa, 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda tegishli korxona va tashkilotlarga yo‘naltirilib, bu haqda murojaatchi xabardor qilinadi.
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi “2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da tadbirkorlik sub’ektlarining shoxobcha yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ishlarni muvaffaqiyatli davom ettirishni o‘z oldiga asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab olgan.


Firdavs Xayriddinov
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig‘i
15 ßíâàðü 2018
 

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida ko‘chma kutubxona fondi tashkil etildi


Azaldan xalqimiz kitobga mehr bilan munosabatda bo‘lib, juda qadrlab kelishgan. Kitob nafaqat bilim manbai balki, ko‘plab muommalar yechimi, insonning eng yaqin do‘sti, maslahatchisi sifatida e’tirof etilgan. Kitob mutolaasi, mushoiralar qadriyatlarimizning bir bo‘lagiga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu boradagi ishlar ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 13 - sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandan so‘ng yangi bosqichga chiqdi. Mazkur qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tasarrufidagi Markaziy kutubxonasi bilan hamkorlikda ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Inspeksiya xodimlari ko‘plab badiiy adabiyotlar bilan birgalikda soxaga daxldor kitoblarni mutolaa qilish imkoniga egalar.
- Kitob insonning eng yaqin do‘sti sanaladi, - deydi inspeksiya xodimi Z.Samug‘janov. Xalqimizda beshikdan to qabrgacha ilm izla degan naql mavjud. Kitob barcha bilimlar manbai bo‘lib buni yosh avlod teran mushohada qilishlari maqsadga muvofiq. Kitob o‘qish orqali inson ma’naviyatini boyitib, komillika erishadi. Inspeksiya qoshida ko‘chma kutubxona fondining tashkil etilgani bu borada ayni muddao bo‘ldi. Endilikda, o‘zimizga kerak bo‘lgan, ish faoliyatimizda qo‘l keladigan adabiyotlarni shu yerdan olib foydalanishimiz mumkin bo‘ladi. Bundan barcha mamnun.
Ko‘chma kutubxona fondi kitoblari muntazam yangilanib, boyitib boriladi.


Firdavs Xayriddinov
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig‘i
08 ßíâàðü 2018
 

O‘zbekistonda 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilindi.


Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etdi.
Tadbir ishtirokchilari mazkur taklifni gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.


Manba: UzA.
22 Äåêàáðü 2017
 

«Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi


2017 - yil 18 - dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan 9 - dekabr – «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash» kuniga bag‘ishlangan «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura, qator vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar – YeXHT, BMT NJQKB, BMT TD, YeI, Jahon Banki hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi doirasida O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinganligiga alohida e’tibor qaratildi.

2017-2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi faol amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ushbu dasturiy hujjatlarni amalga oshirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (BMT, NJQKB, BMT TD, IHTT, YeXHT, ShHT, YeAG va boshqalar) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash, shuningdek mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
«Ochiq eshiklar kuni» doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan «O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya davomida Bosh prokuraturaning O‘zbekiston Respublikasida 2017 - yilda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida erishilgan natijalar haqidagi axboroti eshitildi. Tadbir ishtirokchilari ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishi, korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligi va odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi monitoringi natijalari, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik bilan tanishtirildi.
Tadbir ishtirokchilariga Bosh prokuratura va YeXHT O‘zbekistondagi Loyihalar muvofiqlashtiruvchisining «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirishda ko‘maklashish» loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek BMT, NJQKBning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jahonda, mintaqada, O‘zbekistonda tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Bosh prokuratura, YeXHT, EOAVMA, MTRK hamkorligida tayyorlangan mavzuga oid ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, «Ochiq eshiklar kuni» doirasida «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar – 2017: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida Xalqaro press-klubning Media-forumi tashkil etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Bosh prokuratura, YeXHT O‘zbekistondagi Loyihalar muvofiqlashtiruvchisi, tegishli vazirliklar va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘tkazilgan «Eng yaxshi rasm» va «Eng yaxshi insho» tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, tanlov g‘olib va sovrindorlarining ishi hamda vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xizmatchilari va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan informatsion-targ‘ibot materiallari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklari himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, bu borada xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Manba: prokuratura.uz
20 Äåêàáðü 2017
 

Korrupsiyaga qarshi kurash – dolzarb vazifa!


O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi prokurori Karim Musashayxov, inspeksiyaning markaziy apparati, Toshkent filiali va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ma’lumki, 2017 - yil 3 - yanvar sanasidagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimizning joriy yil 2 - fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Yuqoridagi qonun va qaror hamda “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” mazkur illatga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqdi. Dasturda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada birinchi navbatda aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini takidlab o‘tish lozim. Korxona va tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari, mahallalarda ushbu illatning oldini olishga qaratilgan ko‘plab o‘quv-seminarlar, davra suhbatlari tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat hamda jamoat tashkilotlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan uzviy hamkorlik o‘z samarasini bermoqda. Buning natijasida huquqbuzarliklar, manfaatlar to‘qnashuvi, turli darajadagi suiste’molchiliklarni oldi olinib, barvaqt bartaraf etilyapti. E’tiborlisi, qilinayotgan amaliy ishlar xalqaro darajada ham e’tirof etilmoqda. Xususan, mamlakatimizning mintaqada va MDH davlatlari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi harakatlari yuqori ko‘rsatkichga egaligi ta’kidlandi.

- Korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari balki, barcha birgalikda kurash olib borishi orqali kutilgan natijaga erishish mumkin, - deydi Karim Musashayxov. Sababi mazkur illatni bartaraf etishda har bir fuqaroning o‘rni beqiyos. Bugungi kunda aholi o‘rtasida OAV orqali olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari va seminarlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tishni istardim. Bu orqali korrupsiyaga qarshi kurashni ommaviy tashkil etish bilan birgalikda, hamyurtlarimizning huquqiy bilimini yanada rivojlantirishga erishilyapti.

Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda ko‘plab taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib batafsil muhokama qilindi. Ishtirokchilar va ommaviy axborot vositasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

Firdavs Xayriddinov
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig‘i
14 Äåêàáðü 2017
 

Tadbirkorlar faoliyati – qonun himoyasida!


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Bunda birinchi navbatda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlari va mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlashga munosib hissalarini qo‘shish imkoniyatini beruvchi huquqiy baza shakllantirildi. Tadbirkorlar faoliyatini yanada kengaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun va qonunosti hujjatlar e’lon qilindi, ularga ko‘plab imtiyozlar taqdim etildi.

Jumladan, 2016 yil 5 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4848 sonli Farmoni tadbirkorlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Ushbu Farmon xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishiga qaratilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
Xuddi shuningdek, «kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik»ni eng muhim ustuvor yo‘nalish va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida mustahkamlaydi.
Asosiy e’tibor xato va kamchiliklarni barvaqt oldini olish va bartaraf etishga qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan 2017 yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solish va ularni huquqiy savodxonligini yanada mustahkamlash maqsadida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan so‘nggi yangiliklardan boxabar qilish uchun 646 ta seminarlar tashkil etildi va ushbu tadbirlarda 9000 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etishdi. Ularga 500 ta amaldagi qonun hujjatlari talablari aks ettirilgan qo‘llanmalar tarqatildi va bevosita joylarga chiqib olib borilgan tushuntirishlarda qatnashganlar soni 1200 nafarli ko‘rsatkichdan oshdi.
Inspeksiya xodimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan ko‘rgazmalar ishbilarmonlarga faoliyatlarida ko‘l keladigan ko‘plab qimmatli axborotlar taqdim etdi. Bevosita muloqot shaklidagi muhokamalar har ikkala tomon uchun qulay va samarali sanaladi. Unda muammoli vaziyatlarga yechim topilishi barobarida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga mutaxassislarning aniq javoblariga ega bo‘lishdi.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, seminarlar va profilaktik tadbirlar mahalliy va Respublika ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borilmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, profilaktik tadbirlarda asosiy urg‘u xato va kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olishga qaratildi. Natijada sodir etilishi mumkin bo‘lgan 2600 dan ziyod kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etildi. “Ochiq eshiklar kuni” aksiyasi ham tadbirkorlarimizga qator qulayliklar yaratib bermoqda. Ular o‘zlarini tashvishga solayotgan va yechimini izlayotgan masalalari bilan murojaat etib, aniq xulosalarga ega bo‘lishmoqda.

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallardagi ishonch telefon raqamlari OAVda e’lon qilingan bo‘lib ishbilarmonlardan murojjatlar kelib tushmoqda. Ishonch telefonlariga bo‘layotgan murojaatlarning har biri o‘z vaqtida atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda. Bundan tashqari “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasining rasmiy "rwnadzor.uz" veb-sayti orqali so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish bilan birgalikda bevosita murojaat qilish imkoniga egalar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, amalga oshirilayotgan barcha harakatlar eng avvalo tadbirkorlarimizning erkin faoliyat yuritishlari, o‘zlarini qonunning himoyasida ekanliklariga ishonch hosil qilishlariga qaratilganligida namoyon bo‘ladi.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati
11 Äåêàáðü 2017
 

Mamlakatimizda 1 ming 100 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar barpo etildi.


Istiqlol yillarida temir yo‘l tizimini tubdan takomillashtirish, temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga innovatsion loyihalarni joriy etish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi va bu jarayon muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda 1 ming 100 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar barpo etildi, 1 ming 700 kilometrlik temir yo‘l bog‘lamalari elektrlashtirildi, 16 yangi temir yo‘l vokzali bunyod etildi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari harakati amalga oshirilmoqda. Har tomonlama qulay va zamonaviy talablarga javob beruvchi ushbu poyezdlar aholi va xorijiy mehmonlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirib, turizm salohiyati yuksalishiga zamin yaratayotir.
Ijobiy ko‘rsatkichlarning bardavom bo‘lishida harakat xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” bu boradagi ishlarni muntazam muvofiqlashtirib keladi. Inspeksiya poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ma’muriyatining funksiyalarini bajaruvchi hamda davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan temir yo‘l transporti sohasida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoidalar va me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashdek muhim vazifaning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi har bir xodimdan fidoyilik, mas’uliyatni chuqur his qilish, bilim va yuksak professional mahoratni taqozo etadi. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining normativ hujjatlar ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi Lola Qobulova aynan shunday sifatlarga ega xodimlardan sanaladi.

L.Qobulova 26 yillik faoliyati davomida qaysi jamoada ishlamasin o‘zidan ijobiy taassurot qoldira oldi. Mehnatkashligi, samimiy, kamgap va shu bilan birga talabchan bo‘lgan xodima ish unumdorligining asosini tartib-intizom va odob-axloqda, deb biladi. Yoshlarga va hamkasblariga har doim xushmuomala, tajribali temiryo‘lchining hayoti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi nishonlanayotgan ushbu kunlarda unutilmas onlarga boy bo‘ldi. Uning ko‘p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan yuksak qadrlanib, “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
– Mehnatim ortidan obro‘-e’tibor orttirdim, orzularim ushaldi, – deydi L.Qobulova. – Kamtarona mehnatimning e’tirof etilishi, yuksak darajada mukofotlanishim men uchun katta baxt. Bu mening ishimga berilgan yuqori baho bo‘lishi bilan bir qatorda kelajakdagi faoliyatim uchun rag‘bat hamdir.


Firdavs Xayriddinov,
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig‘i
08 Äåêàáðü 2017
 

Buxoro – Miskin temir yo‘li ochildi


Bugun odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadigan Qizilqum cho‘li insonning bukilmas matonati, azmu shijoati oldida yana bir bor taslim bo‘ldi. Bu yerda qariyb 350 kunda 350 kilometrdan ziyod cho‘l bag‘ri yorib o‘tilib, yangi temir yo‘li bunyod etildi.
Sir emas, yurtimizning dengiz yo‘llaridan olisda joylashgani milliy iqtisodiyotning o‘sishi, mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan jiddiy omillardan biri sanaladi. Ayni paytda Yevropa va Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanayotgani natijasida qadimiy Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashga e’tibor kuchaymoqda. Eng asosiysi, xalqimizning transport xizmatlariga bo‘lgan talabi oshib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy talablarga hamohang transport infratuzilmasini yaratishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
2016-yil dekabr oyida qurilishi boshlanib, shu yil sentabr oyidan ishchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan Buxoro – Miskin temir yo‘lining foydalanishga topshirilishi mamlakatimizda transport kommunikatsiyasi oldida turgan mana shunday masalalarga yechim topish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasiga aylandi.
Yangi temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Miskin maskanida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar, soha faxriylari, jurnalistlar qatnashdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu loyiha bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar bergan edi.
Temir yo‘l qurilishi Buxoro viloyatining Buxoro tumani va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Miskin maskanida bir paytning o‘zida boshlandi. Ishning yaxshi tashkil etilgani samarasida umumiy uzunligi 355 kilometr bo‘lgan temir yo‘l liniyasida loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qurilish davomida qariyb 22 million kub metrlik tuproq ishlari bajarildi. 121 sun’iy inshoot, 12 ko‘prik va 6 yo‘l o‘tkazgich, 5 stansiya va 5 razyezd barpo etildi. Bunyodkorlik ishlariga 2 mingga yaqin ishchi-mutaxassis, mingdan ziyod qudratli zamonaviy texnika va mexanizmlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida barpo etilgan Sulton Uvaystog‘ – Nukus, Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on, Angren – Pop temir yo‘l liniyalari qurilishida mamlakatimizning ulkan texnik imkoniyati bilan birga, ishchi-mutaxassislarning katta salohiyati ham namoyon bo‘lgan edi. Ana shu loyihalarda orttirilgan tajriba Buxoro – Miskin liniyasini bunyod etishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Hozircha bu yo‘lda yuk poyezdlari harakatlanadi. Bu esa mazkur hududdagi qazilma boyliklarini o‘zlashtirish, ulardan samarali foydalanish va shu bilan birga yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochishga xizmat qiladi.
Shu paytga qadar Toshkent shahridan Urganchga qatnovchi poyezdlar Navoiy – Uchquduq – Miskin magistrali orqali 1064 kilometr yo‘l bosgan bo‘lsa, endilikda bu masofa qariyb 100 kilometrga qisqardi. Bu vaqt, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni tejash imkonini beradi.
Mazkur temir yo‘lning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetgach, mazkur liniya Toshkent – Samarqand – Navoiy – Buxoro – Urganch yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishda muhim bo‘g‘in vazifasini o‘taydi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi A.Ramatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov, Xorazm viloyati hokimi I.Sobirov, Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Manba: O'zA
02 Äåêàáðü 2017
 

Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati!


O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muxiddinova ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson huquq va erkinliklari kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda inspeksiya markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlari qatnashishdi.
1992 yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida mamlakatimiz tarix solnomasida muhim o‘rin egallaydi. Joriy yil 25 yilligi nishonlanayotgan Bosh qomusimimiz qabul qilingan kun Respublikamizning har bir go‘shasida keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Unga muvofiq barcha davlat idoralari, tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarida Bosh qomusimizning yigirma besh yilligini munosib nishonlash maqsadida tadbirlar, uchrashvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, o‘tgan hafta “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat isnpeksiyasida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir samimiy va mulohazalarga boy tarzda kechdi. Taniqli yurist F.Muxiddinova ma’ruzasi davomida Konstitutsiyamizdagi har bir bobga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ma’ruzachi Bosh qomusimizda ayol va erkakning teng huquqli ekanligi, oila instituti, oilada ayol va erkakning burchi va vazifalari, fuqarolarning tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar Qonun oldida tengligi naqadar muhim ahamiyat kasb etishini hayotiy misollar bilan batafsil tushuntirib o‘tdi. Yoshlarimizning yot g‘oyalarga berilib ketmasliklari, turli darajadagi jinoyatlar ishtirokchisiga aylanmasliklari uchun barcha birdek mas’ul ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, korrupsiya - jamiyat rivojiga asosiy to‘siq sifatida tilga olindi va uni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan choralarga to‘talib o‘tildi.
-Konstitutsiyamizning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir barchamiz uchun qiziqarli va foydali bo‘ldi deydi, - “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i FarxodYo‘ldoshev. Huquqiy mavzu azaldan barcha uchun eng qiziqarli va har bir fuqaro ehtiyojlari uchun zarur bo‘lib kelgan. Sababi har birimiz kundalik hayotda u yoki bu holatda huquq mavzusiga murojaat qilamiz. Ma’ruzachining moddalarni hayotiy faktlar bilan mufassal tahlil qilib bergani ayniqsa, manzur bo‘ldi. Bundan tashqari bevosita ish faoliyatimiz uchun ham qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Bosh qomusimizning 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir savol-javob qismi ham qiziqarli va bahs munozaralarga boy tarzda kechdi. Unda inspeksiya xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olish bilan bir qatorda huquqiy bilimlarini mustahkamlab olishdi.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati
30 Íîÿáðü 2017
 

Toshkent metropoliteni 40 yoshda


«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati "Temiryo‘lchilar" markaziy madaniyat saroyida Toshkent metropoliteni qurib foydalanishga topshirilganiga 40 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, soha xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari, «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi boshlig‘i O.Xudoyqulov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida transport sohasi, jumladan, metropolitenni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Bundan 40 yil avval ko‘hna Toshkent rivojlangan zamonaviy shaharlar qatoridan o‘rin egalladi. Murakkab davrda respublika rahbariyati, xususan, buyuk davlat arbobi Sharof Rashidovning tashabbusi bilan O‘rta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni bunyod etildi. Ko‘p yillik mashaqqatli mehnat samarasida 1977 yilning 7 noyabr kuni birinchi metro qat’iy jadval bo‘yicha harakatlana boshladi.
Mamlakatimiz transport tizimida muhim o‘rin tutadigan Toshkent metropoliteni qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi. Metropoliten 29 bekatdan iborat. Ushbu transport xizmatidan kuniga 200 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanadi.
– Toshkent metropolitenini nafaqat qulay va ishonchli transport, balki betakror san’at asari darajasida qurilgan nafis va ko‘rkam, orasta va shinam yer osti qasri deyish mumkin, – deydi «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi Chilonzor elektrodeposi fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandisi Mavluda Asomova. – O‘zim guvohman, O‘zbekistonga kelgan xorijlik mehmonlar Toshkent metropolitenining jozibasi va chiroyidan hayratga tushishadi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan muddat davomida 4 milliarddan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Toshkent metropoliteni bekatlarini loyihalashda eng malakali arxitektorlar, rassom va me’morlar ishtirok etgan. Mustaqillik yillarida metropoliten chiroyli tashqi va ichki dizayn, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan vagonlar bilan ta’minlanmoqda. Bu borada Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodida metro vagonlarini kapital ta’mirlash, qayta tiklash, ularning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish ishlari samarali amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash kerak.
Aholining talab va ehtiyojlari, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishini inobatga olib, Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasi, Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasi barpo etish bo‘yicha bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda.
Jumladan, yuqori sifatda barpo etilayotgan Sergeli yo‘nalishi avvalgilaridan farqli ravishda yer ustida harakatlanadi. Metro shaharning rivojlanish rejalari, yo‘lovchilar oqimi, turar joy mavzelari, ishlab chiqarish, savdo va dam olish maskanlari joylashuvi, muhandislik-geologik sharoitlarni inobatga olgan holda qurilmoqda. Yo‘nalish to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Ayni paytda Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha bunyod etiladigan metroning umumiy uzunligi 54 kilometr bo‘lib, uning 51 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi. 2 kilometri yer ustida quriladi. Mazkur loyiha besh bosqichda amalga oshirilib, 2020 yilda to‘liq foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirda ko‘p yillik mehnat faoliyati va ilg‘or tajribasi bilan namuna bo‘layotgan bir guruh metropoliten xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi.
Taniqli san’atkorlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Manba: O‘zA
23 Íîÿáðü 2017
 

Harakat xavfsizligiga e’tiborsiz bo‘lmaylik!


Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida poytaxtimiz Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysini bir-biriga bog‘lovchi yangi va zamonaviy elektrlashtirilgan “Angren-Pop” temiryo‘li ishga tushirildi. Shuningdek, har kuni 2 marotaba Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha, haftaning seshanba va juma kunlari Andijon-Buxoro, juma va yakshanba kunlari Andijon-Moskva, payshanba kunlari esa Andijon-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi hamda xalq xo‘jaligi yuklarini tashish poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yilgani aholini behad quvontirdi.
Xursandchilik va quvonch onlari bardavom bo‘lishi uchun harakat xavfsizligiga e’tiborli bo‘lish har birimizning burchimizdir.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, yo‘lovchi va yuk tashish poyezdlari ayrim joylarda avtotransport vositalari harakatlanadigan mahalliy va magistral yo‘llar bilan kesishadi. Temiryo‘llardagi xavfli va insondan ehtiyotkorlik talab etadigan hudud bu – temiryo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan joylar (kesishmalar) hisoblanadi. Farg‘ona vodiysida, Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududida 146 ta temiryo‘l kesishmasi mavjud bo‘lib, ularning 59 tasi qo‘riqlanadigan, 87 tasi esa qo‘riqlanmaydigan kesishmalar toifasiga kiradi. Avtotransport haydovchilarining temiryo‘l kesishmalaridan bamaylixotir va e’tiborsizlik bilan o‘tishi oqibatida Farg‘ona vodiysi temiryo‘l kesishmalarida joriy yil davomida 3 ta ko‘ngilsiz voqea – poyezd va transport vositasi to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu hodisalar, asosan ayrim haydovchilar tomonidan amaldagi qonun – qoidalarga amal qilmasligi, yo‘l harakat xavfsizligi qoidalarini bilmaslik oqibatida kelib chiqmoqda. Shu va shunga o‘xshash holatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning o‘rni va ahamiyati bo‘lakcha. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan qo‘shma bayonnoma talablaridan kelib chiqqan holda joriy yilning ortda qolgan 9 oyi davomida Qo‘qon temiryo‘l uzeli tasarrufidagi temiryo‘l bekatlari, korxona va tashkilotlarda xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Unda 1 ming 400 nafardan ziyod qatnashgan ishchi-xizmatchilarga sohaga doir qoidalar yana bir marotaba eslatib o‘tildi. Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida barataraf etildi. Temiryo‘l kesishmalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldi olinishi maqsadida hududlarga chiqib aholiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu o‘rinda, temiryo‘l kesishmasiga yaqin hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz o‘zlari va yaqinlari hayoti va sog‘lig‘ini o‘ylagan holda qoidalarga amal qilishlari, haydovchilarning ham e’tiborni kuchaytirishlari baxtsiz hodisalarning oldi olinishiga zamin yaratishini aslo unutmasliklari lozim.


A.Islamov
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Farg‘ona filiali boshlig‘i.
16 Íîÿáðü 2017
 

Har bir murojaat diqqat e’tiborda!


Mustaqqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan bugungi kunda turli shakldagi tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘mak berib kelinmoqda. Profilaktik tadbirlar olib borilishi jarayonida tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli maslahatlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishda amaliy yordamlar berib kelinmoqda.
Jumladan, inspeksiyaning Toshkent filiali tomonidan Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyalarida temir yo‘l sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlari uchun muntazam ravishda “ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib kelinyapti. Toshkent filialiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bo‘layotgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan joylarga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, ko‘rsatilgan masalalar ijobiy xal qilinmoqda. Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyatining Bekobod shahrida temir yo‘l bekati atrofida yashovchi mahalla fuqarolari temir yo‘lni kesib o‘tish uchun mo‘ljallangan piyodalar o‘tish yo‘lakchasi yo‘qligini, bu esa mahalla fuqorolariga noqulaylik keltirib chiqarayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgandi. Inspeksiya xodimlari tomonidan mazkur masala o‘rganib chiqilib, mutasaddi tashkilotlar bilan birga murojaat ijobiy hal etildi.
Eslatib o‘tamiz, inspeksining Toshkent filialiga fuqarolarimiz (0 -371) 299-94-38 ishonch telefonlari orqali murojjat qilishlari mumkin. Har bir murojat mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, qonuniy hal qilinadi.



Anvar Dushayev
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Toshkent filiali inspektori
09 Íîÿáðü 2017
 

Xavfsizlikni ta’minlash barchamizning burchimiz!


Temir yo‘llarni iqtisodiyotimizning qon-tomiriga qiyoslashadi. Bu bejiz emas, albatta. Temir yo‘l sohasi aholi va xorijlik mexmonlarni uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish bilan birga, mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda temir yo‘l transporti xizmati takomillashib, xizmat sifati sezilarli darajada oshdi. Respublikamiz bo‘ylab bunyod etilgan zamonaviy vokzallar, qurilgan yangi yo‘llar, mavjud temir izlarni rekonstruksiya qilish va elektrlashtirish, yuk hamda yo‘lovchi tashishning zamonaviy usullarini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar tufayli mazkur tarmoq taraqqiyotning muhim strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Har tomonlama qulay, zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi va eng asosiysi xavfsiz bo‘lgan temir yo‘l transporti hamyurtlarimizni ehtiyojlarini qondirib kelmoqda. Bu o‘z navbatida soxa rivojining jadallik bilan odimlayotganidan darak beradi.
Afsuski, ijobiy yangiliklar bilan birgalikda kishi dilini xira qiladigan salbiy holatlar ham uchrab turibdi. Buni mas’uliyatsiz va nazoratsiz yoshlar tomonidan temir yo‘l hududining ba’zi joylarida o‘rnatilgan devor va panjara to‘siqlarni buzish, yo‘lovchi poyezd vagonlarining derazalariga shikast yetkazishda ko‘rish mumkin. Achinarlisi, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi lozim bo‘lgan, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kattalar ko‘p hollarda qoidabuzarlar “faoliyatiga” ko‘z yumishmoqda, ba’zan hatto o‘zlari ham “namuna” ko‘rsatishyapti. O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 121 – moddasida lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, shuningdek, hamma turdagi maxsus transportlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Ammo ushbu qoidalar ba’zi kimsalarga kor qilmaydiganga o‘xshab turibdi. Birgina joriy yilning o‘tgan vaqti davomida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlarida 18 marotaba tosh otish natijasida vagon oynalarini sindirish holatlari qayd etilgan. Transportdagi IIB xodimlarining tezkor va samarali olib borilgan ishlari natijasida qoidabuzarlar aniqlanib, jazo choralari ko‘rilgan. Qoidabuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish maqsadida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, Transportdagi IIB va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari temiryo‘lga yaqin hududda joylashgan mahalalar, aholi punktlari, o‘quv mussasalarida tushuntirish va profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etib kelishmoqda. Ammo har qanday vaziyatda ham fuqarolarimizning o‘zlari tevarak-atroflarida sodir bo‘layotgan har bir holatga sinchkov bo‘lishlari, mas’uliyat va nazoratni oshirishlari davr talabiga aylanib ulgurdi. Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyili jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda namoyon bo`ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ayrim oilalardagi bolalar tarbiyasidagi mas’uliyatsiz yondashuv, mahalla ahlining e’tiborsizligi natijasida kelajakda Vatanimiz koriga yaraydigan inson bo‘lib kamolga yetishi mumkin bo‘lgan farzandlarimiz balog‘at yoshiga yetar-yetmay qonun oldida javobgar bo‘lib qolishmokda. Yoshligidan “egri yo‘lga” qadam quygan kelajagimiz egalari o‘zga fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf solish bilan birgalikda temiryo‘ldan foydalanayotgan sayyohlarda tarixi ming yilliklarga borib taqaladigan xalqimiz va mamlakatimiz to‘g‘risida mavjud boy ijobiy fikrini o‘zgarishiga sababchi bo‘layotganini bilisharmikan?! Zero, kichkinadek ko‘ringan qoidabuzarliklar natijasi kishi o‘ylaganidan yuz chandon og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aslo unutmasligimiz lozim.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati
02 Íîÿáðü 2017
 

Poyezdlarga zarar yetkazmang!


Yuk va yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida manzillariga benuqson va o‘z vaqtida yetib borishi, ularning xavfsizligini ta’minlash temir yo‘l transporti xodimlarining ma’suliyatli, sharafli burchi va vazifasidir.
Bugungi kunda “Toshkent – Samarqand”, “Toshkent- Buxoro”, “Toshkent-Qarshi” temir yo‘l uchastkalarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi, barchamizning g‘ururimiz bo‘lgan “Afrosiyob” elektropoyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi barchaga ma’lum. Ushbu poyezd nafaqat fuqorolarimizni balki, chet eldan tashrif buyurgan sayyohlarni ham uzog‘ini yaqin qilmoqda. Tabiiyki bu jarayonda “temir karvonlar”ning soz va havfsiz harakatlanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 21–moddasida “temir yo‘l bekatlari, vokzallar va temir yo‘lning tashish jarayoni bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalari hududlari, poyezdlar harakati amalga oshiriladigan hamda manyovr va yuk ortish, yuk tushirish ishlari bajariladigan yo‘lovchilar platformalari va temir yo‘l tarmoqlari havfli zonalar hisoblanadi va zarur bo‘lganda atrofi o‘rab qo‘yiladi”deb ko‘rsatib o‘tilgan. Barchaga ma’lumki yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘l uchastkasi ikki tomondan temir panjara va boshqa turdagi to‘siqlar bilan to‘silgan. Shunga qaramasdan temir yo‘l uchastkalariga o‘rnatilgan devor va temir panjara to‘siqlarini sindirish, voyaga yetmagan bolalarning o‘tib ketayotgan poyezdlarga tosh otish holatlari uchrab turibdi. Birgina mazkur holatlarni Sirdaryo viloyati kesimida ko`rib chiqsak. Jumladan, 2016 - yilning 25 - iyul kuni Sirdaryo temir yo‘l bekatida 379-sonli “Termiz –Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi yo‘lovchi poyezdining 9 - vagonining begona shaxslar tomonidan tosh otish oqibatida oynasi sindirilganligi aniqlandi. Shuningdek o‘tgan yili noma’lum shaxslar tomonidan 6 marta “Afrosiyob” poyezdlarining derazalariga tosh otish holatlari sodir etilgan bo‘lib , ushbu holatlarning 2 tasi Sirdaryo viloyatida kuzatilgan. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Transportdagi IIB xodimlari viloyatlar va tumanlar ichki ishlari nozirlari bilan birgalikda temir yo‘l liniyasi atrofida yashovchi aholi punktlarida, o‘quv muassasalarida, korxona, tashkilot va muassasalarda temir yo‘l infratuzilmasi moddiy resurslarini saqlash, havfsizlik talablarini bajarish mavzusida suhbatlar, tushintirish va profilaktika ishlarni tashkil etishmoqda.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati
26 Îêòÿáðü 2017
 

Temir yo‘l kesishmalarida qoidalarga rioya qiling!


Temir yo‘llardagi ehtiyotkorlik yuqori darajada talab etiladigan hududlardan biri bu avtomobil va temir yo‘l kesishmalari sanaladi. Kesishmalardagi kichik e’tiborsizlik ham yakunda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, “Qarshi” mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Qarshi temir yo‘l ta’mirlash korxonasining malakali ishchi va muhandislari tomonidan temir yo‘l kesishmalarini soz holatda saqlash hamda ulardan o‘tayotgan transport vositalarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramasdan ayrim haydovchilarning e’tiborsizligi va qoidalarni mensimasligi bois temir yo‘l kesishmalarida qoidabuzarliklar hamda to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunida temir yo‘l bekatlari, vokzallar va temir yo‘lning tashish jarayoni bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalari hududlari, poyezdlar harakati amalga oshiriladigan temir yo‘l tarmoqlari o‘ta xavfli zonalar hisoblanadi, deb ko‘rsatilgan. Ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni e’tiborga olgan holda, temir yo‘llarga yaqin joylashgan aholi yashash maskanlaridagi o‘quv muassasalari, korxona-tashkilotlarda tuman mutasaddi xodimlari, Tranpsortdagi IIB xodimlari muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Shu o‘rinda aholini temir yo‘l kesishmasida harakatlanish qoidalari bilan yana bir marotaba tanishtirib o‘tishni lozim topdik.
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan avtomobil haydovchisi 1.1, 1.2, 1.3.1, 1.3.2, 1.4.1-14 , 6 yo‘l belgilari orqali oldinda temir yo‘l kesishmasi borligini payqashi va alohida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi lozim. Qo‘riqlanmaydigan, svetofor bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasida asosan 2,5 “to‘xtamasdan harakatlanish ta’qiqlanadi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lib, haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida albatta to‘xtashi, shu bilan birga kesishmaning barcha tomonlarini ko‘zdan kechirishi, poyezd yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng harakatni davom ettirishi lozim. Yarim avtomatlashtirilgan temir yo‘l kesishmalarida, shuningdek, svetoforning qizil ishorasi yonib o‘chib tursa, kesishmaga 10 metr qolganda to‘xtab turishi va poyezd o‘tmagunicha zinhor kesishmani kesib o‘tmasligi lozim. Kesishmaga 100 metr qolganda esa o‘z yo‘nalishi o‘zgartirmasdan harakatlanishi, quvib o‘tmasligi lozim. Agar kesishmada 3,13 “cheklangan balandlik” belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, avtoulov bu talabga javob bermasa, harakatni darhol to‘xtatishi lozim. Avtoshlagbaum bilan jihozlangan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan avtomobil haydovchisi svetoforning ogohlantiruvchi chirog‘i yongani yoki kesishma navbatchisi ishorasi berilgani zahoti harakatni to‘xtatishi lozim. Hozirda kesishmalar avtomatlashtirilgan bo‘lib, poyezd harakatni boshlagan zahoti 15 sekund ichida avtoshlagbaumlar avtomatik tarzda tushib UZP qurilmasi ko‘tariladi.
Qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan avtomobil haydovchisi texnik sabablarga ko‘ra kesishmada qolib ketsa, quyidagi hatti-harakatlarni amalga oshirish lozim:
- avtoulovdagi yo‘lovchilarni zudlik bilan tushirishi;
- kesishmaga poyezd yaqinlashayotganini bilish maqsadida eng yaqin svetofor tomonga harakatlanishi;
- agar svetofor ishorasi yashil bo‘lsa, shu tomondan (orqadan) poyezd kelayotganini tushunishi va imkon boricha poyezd tomonga qo‘llarini soat strelkasiga qarshi aylanma harakatlantirishi lozim;
- tungi qorong‘i vaqtda qo‘llarning aylanma harakatini nur qaytaruvchi buyum yoki chiroq yordamida amalga oshirishi lozim;
- poyezd to‘xtagach, avtoulovni kesishmadan olish choralarani ko‘rishi kerak.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi
Axborot xizmati
19 Îêòÿáðü 2017
 
1 2 3 >>