HISOBOT
Bosh sahifa> Hisobotlar > Hisobot
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20 06 2018

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018 yil 3 oylik ish yakunlari to'g'risida

HISOBOT

  

2018 yilning o'tgan 3 oyi mobaynida O'zdavtemiryo'lnazorat boshqaruv apparati va uning hududiy filiallari tomonidan joylarda ma'lum ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportida tashishlar xavfsizligini ta'minlash nazoratini amalga oshirish maqsadida, tashishlar jarayoni bilan bog'liq bo'lgan 5673 ta xodimlar ishtirokida 1403 ta seminar-mashg'ulotlar va profilaktika ishlari temir yul transporti soxasidagi normativ-texnik xujatlar talablarini tushuntirish amalga oshirildi.
2018 yil 3 oyi mobaynida O'zbekiston temir yo'llari AJ yo'llarida 5304 kishi qatnashib o'tkazilgan 1034 ta seminar-mashg'ulotlar amalga oshirildi.
2018 yil 3 oyida vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli shahobcha temir yo'llarida 369 kishi qatnashgan 72 ta seminar-mashg'ulotlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan, temir yo'l transporti sohasida tashishlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha, 2018 yil 3 oyi mobaynida 1 me'yoriy hujjat ishlab chiqildi.
Temir yo'l transportida ko'rsatayotgan faoliyatini litsenziyalash uchun, xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan yuk va yo'lovchilarni tashish uchun litsenziyalar yo'k arizalar kelib tushdi.
2018 yil 1 choragida texnik shartlarga (standart) xulosa taqdim qilish uchun 6 ta ariza quyidagi korxonalardan kelib tushdi: DP QUYUVMEXANIKAZAVODI, UPJT AO AGMK (2), OOO PURE STREAM, AO YOLREFTRANS, UP "O'ZTEMIRYO'LMASHTA'MIR".
6 ta texnik shartlar (standart) bo'yicha xulosalar taqdim etildi. Temir yo'l transporti sohasida ta'mirlash qoidalari bo'yicha xulosalar taqdim etish uchun 100 ta ariza kelib tushdi.
Taqdim qilingan ta'mirlash qoidalaridan 100 tasiga xulosalar taqdim qilindi.
Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi bilan kelishmasdan amalga oshiriladigan nazorat ishlari bo'yicha reja-jadvalga asosan 2018 yil 1 choragida jami 78ta tekshirish rejalashtirilgan, 65 ta korxonada, jumladan ularning filiallarida, 75 ta tekshirish o'tkazilgan. Tekshirishlar quyidagi: NEFTESERVIS OAJQ korxonasida Navoiy neftebazasi korxonasi shaklida qayta tashkil etilganligi hamda uning filialida tekshiruv 2018 yil may oyiga o'tkazilganligi sabablarga ko'ra o'tkazilmagan. 2018 yil 1-choragida quyidagi korxonalarda tekshiruvlar o'tkazildi: OOO ATM LOGISTIK, OOO "JUNIOR BISINESS-TRADE",UP Tashkentskaya TES, Kungradskiy f-l Karakalpakstan RYMFUK, OOO Ustyurtskoe Upravlenie razvedochnogo bureniya, Kungradskiy filial UP Taxiatashskaya neftebaza,AO Kungrad un zavodi, OOO Andburservis, OOO MTS, DP Mash'al, Kuvadonmaxsulotlari, SP AO Samarkand Parranda,ChP Olot irrigatsiya va milioratsiya, Navoi don maxsulotlari, OOO Abror kurilish avtotrans, Guzar agromevasi, Toy-tepa kuril metall mollari,"AGROPROM TYeRMINAL",OOO "SAFA UNISEF ",OOO MEGATEX GROUP,SP OOO "GELIOS NGK","Kishlokxujalikkim'yo" i ego filial, OOO "Koka-Kola", "Navoiulgurchisavdo", "DON INVEST MAXSULOTLARI" MChJ, Korakul paxta tozalash OTASh, OOO "Kogon obod turmush", KR "Karakalpokagrokimyo ximoya" XAJ Kungirot filial, "Karakalpokagrokimyo ximoya" Xujayli filial, "Karakalpokagrokimyo ximoya" Chimboy filial, Karakalpokagrokimyo ximoya" Konlikul filial, "Karakalpokagrokimyo ximoya" Nukus filial,"Karakalpokagrokimyo ximoya" Turtkul filial, Kishlok xujkimyo AJ ,UP "Kungradskiy sodovy zavod", KR yullardan muntazam foydalanish unitar korxonasi "Koratov filiali",AO "Taxiatash don maxsulotlari" i ego filial "Karabayl guruch", SP OOO "Uz -Kor Gas Chemical", AO SP DEUTSCHE KABEL AG TASHKENT, BAYER GROUP OOO, OOO GFOLTEXBUTLASH, SPOOO LAMA STANDART, SP OOO "SIRDARYO-MEGA-LUKS", OOO "ASL GRAND OIL", OOO "Namangan kar'er", "YAGONA TRANS SAVDO", OOO "Andijon Saxovati", SP "UZ-SE myung komani", "Romitan TYXPTFK", OOO "Buxoro energiya markaz", "NUR BILDING SERVIS" XK, Kanlkul TYFUK, Xujayli TYFUK, Turtkul TYFUK, Bagat TYFUK, Kegeyli TYFUK, Ellikkala TYFUK, "Surxontermizchinni" MChJ, AMUDAR TEXTILE" MChJ, OAO "Surxondaryo ozik-ovkat mollari", Karshi neftebaza UK, Buxoro Gips OAJ KK, "Konchi" MChJ, OOO PTK "Buxara trans terminal" IChTK, Navoi GRES.
2018 yil 1 choragi mobaynida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21 fevral 62-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi hududidan tranzit xavfli yuklarni tashishga xulosa 1 ariza kelib tushdi, 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi hududidan tranzit xavfli yuklarni tashishga xulosa kelib tushmadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chorag'tadbirlar to'g'risida PF-4848-sonli, 2015 yil 15 maydagi Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-4725-sonli ijrosini ta'minlash maqsadida O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektorlari tomonidan 207 ta xo'jalik sub'ektlari, mikrofirmalar va kichik korxonalarning 546 ta ishchi xodimlari ishtirokida 81 ta seminar-mashg'ulotlar o'tkazildi. Shu yo'nalishda ommaviy axborot vositalarida 33 ta chikishlar tashkil kilindi: gazetalarda 16 ta chiqish, ommaviy axborot vositalarida 3 ta teleko'rsatuv, mahalliy radio orqali 2 Toshg'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on yangi temir yo'l liniyasidan samarali, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta'minlash maqsadida 2018 yil 1 choragida O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan 36 ta profilaktika ishlari o'tkazildi, ularda 97 kishi ishtirok etdi, 2017 yilda 87 kishi ishtirokida 25 ta profilaktika ishlari o'tkazilgan. Inspektsiyaning Qashqadaryo filiali xodimlari tomonidan Toshg'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'lidan foydalanish qoidalarini bajarilishini nazorati har oyda olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 noyabrdan 615-F-son va 2015 yil 18 avgustdan 639-F-son Afrosiyob yo'lovchi poezdlarining yuqori tezlikdagi harakatini tashkil qilish farmoyishi asosida, 26 martdan 2015 yil PP-2326-snli Samarqand-Buxoro temir yo'l liniyasini yo'lovchi poezdlarining yuqori tezlikdagi harakatini tashkillashtirish bilan elektrifikatsiyalash O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi Afrosiyob yo'lovchi poezdlarini yuqori tezlikdagi harakati amalga oshiriladigan Toshkent-Samarqand-Karshi, Samarkand-Buxoro temir yo'l uchastka infratuzilmasining texnik holati monitoringi olib borildi. 2018 yil 1 choragida O'TY AJ ning 564 xodimlari ishtirokida 233 ta profilaktika ishlari amalga oshirildi.

.