Mintaqaviy filiallari
Bosh > Mintaqaviy filiallari
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11 03 2016

   1. Toshkent mitaqaviy filiali (РГИ-1)

   2. Farg'ona mitaqaviy filiali (РГИ-2)

   3. Buhoro mitaqaviy filiali (РГИ-3)

   4. Orolbo'yi mitaqaviy filiali (РГИ-4)

   5. Qashkadaryo mitaqaviy filiali (РГИ-5)

"O'zdavtemiryo'lnazorat" DI mintaqaviy filiali to'g'risida
Nizom


I. Umumiy qoidalar

- O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasining mintaqaviy filiali tegishli vazirlik, idoralarning korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo'l tashishlari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan belgilangan qoida va me'yorlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati va nozirligi vazifalarini amalga oshiradi.

- O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi mintaqaviy filiali o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitututsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (O'zdavtemiryo'lnazorat) Nizomiga, inspektsiya boshlig'i buyruqlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

- O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi mintaqaviy filiali o'z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikda olib boradi.

II. O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililalining asosiy vazifalari va funktsiyalari

- Quyidagilar O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililalining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportida yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligi ta'minlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

- temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan oldini olish chora-tadbirlarini bajarilishi ustidan davlat nazorati

- O'zbekiston Respublikasi temir yo'laridan texnikaviy foydalanish bo'yicha normativ hujjatlar talablari bajarilishi ustidan nazorat;

- loyihalarni ekspertizadan o'tkazishda va temir yo'l transporti ob'ektlarini, texnologiyalarini, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi jihatidan, doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga qabul qilish ishlarida qatnashish;

- vazirlik va idoralarning korxonalari va tashkilotlarida temir yo'l tashishlari xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tekshirishlarni amalga oshirish;

- vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning o'z faoliyatini temir yo'l transporti sohasida amalga oshiruvchi xodimlarining texnik foydalanish qoidalarini va yo'riqnomalarni bilishini komissiya tuzib tekshirish;

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

- tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarida texnik foydalanish qoidalariga, poezdlar harakati va manevr ishlari yo'riqnomasiga, signalizatsiya va aloqa yo'riqnomasiga, shuningdek, temir yo'l transporti texnika vositalarining avariyasiz ishlashini tartibga soluvchi boshqa yo'riqnomalar va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini olib borish;

- tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga va temir yo'l transportida yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlovchi texnik vositalarning ishonchliligini oshrishga qaratilgan oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiustidan davlat nazoratini olib borish;

- temir yo'l transporti sohasida yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash bo'yicha normativ-xuquqiy hujjatlar talablarini vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

- litsenziya shartnomalari talablariga litsenziat tomonidan rioya qilinishi nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirish;

- loyihalarni ekspertizadan o'tkazish hamda ob'ektlarni va texnologiyalarni, ularning temir yo'l transporti sohasidagi belgilangan talablarga muvofiqligi jihatidan, foydalanishga qabul qilish ishlarini amalga oshirish;

- vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning o'z faoliyatini temir yo'l transporti sohasida amalga oshiruvchi xodimlarining texnik foydalanish qoidalarini va yo'riqnomalarni bilishini belgilangan tartibda komissiya tuzib tekshirilishini amalga oshirish;

- O'zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan favqulodda hodisalar (avariya, halokat)ga oid xizmat tekshiruvlari o'tkazilishida ishtirok etish hamda MDHning boshqa mamlakatlari va xorijiy mamlakatlar hududida yo'lovchi tashish poezdlari bilan bo'lgan temir yo'l xodisalariga oid xizmat tekshiruvini o'tkazishda belgilangan tartibda ishtirok etish;

- vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan poezdlar harakati xavfsizligi talablarini buzish hollari tasniflanishi va ular yuzasidan o'tkaziladigan xizmat tekshiruvlari to'g'riligi nazorati, shuningdek ularni o'z vaqtida taqdim etilishi;

- vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan poezdlar harakati xavfsizligi talablari buzilishi hisobini yuritish hamda tahlil qilish;

- temir yo'l transporti ob'ektlarini tayyorlovchi, quruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlarning ishlarini texnik tekshirishini belgilangan tartibda o'tkazish;

III . O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali xuquqlari va javobgarligi

O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali quyidagi xuquqlarga ega:

- temir yo'l transporti sohasida harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha normativ-xuquqiy hujjatlarning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

- tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlardan temir yo'l tashishlari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar rejalarini belgilangan tartibda talab qilib olish va shu masalalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar xaqida korxonalar rahbarlarining hisobotlarini tinglash;

- temir yo'l tashishlari xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha qoidalar, yo'riqnomalar, buyruq va farmoyishlarning talablarini buzgan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko'rish;

- temir yo'l transporti texnika vositalaridan foydalanishni va ishlarni amalga oshirishni to'xtatib turish, odamlarning hayoti va salomatligiga, yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi nosozliklar tufayli peregonlarda, stantsiyalarda va kirish yo'llarida poezdlar harakatini to'xtatish yoki harakat tezligini cheklash to'g'risida ko'rsatmalar berish;

- lokomotivlar, motor vagonli harakatdagi tarkibi, vagonlar, yo'llar va o'tkazish strelkalari, signalizatsiya va aloqa qurilmalari, bog'lanish tarmoqlari sifatsiz ta'mirlangan hollarda ularni tuzatishdan chiqarishni taqiqlash;

- temir yo'l tashishlari xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha qoidalar, yo'riqnomalar, buyruq va farmoyishlarning talablarini buzgan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko'rish;

- temir yo'l transporti texnika vositalaridan foydalanishni va ishlarni amalga oshirishni to'xtatib turish, odamlarning hayoti va salomatligiga, yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi nosozliklar tufayli peregonlarda, stantsiyalarda va kirish yo'llarida poezdlar harakatini to'xtatish yoki harakat tezligini cheklash to'g'risida ko'rsatmalar berish;

- lokomotivlar, motor vagonli harakatdagi tarkibi, vagonlar, yo'llar va o'tkazish strelkalari, signalizatsiya va aloqa qurilmalari, bog'lanish tarmoqlari sifatsiz ta'mirlangan hollarda ularni tuzatishdan chiqarishni taqiqlash;

- tegishli vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar bilan kelishgan holda ularning vakillarini, shuningdek malakali mutaxassislarini poezd va manyovr ishidagi harakat xavfsizligi talablarining buzilishi holatlariga oid xizmat tekshiruvini o'tkazishda ishtirok etish, harakat xavfsizligi talablarining buzilishi holatlariga oid xizmat tekshiruvini o'tkazish bilan bog'liq masalalar bo'yicha ekspertizalar o'tkazish va texnikaviy maslahatlashish uchun jalb etish;

- temir yo'l transporti vositalarining texnik holati to'g'risida ekspert xulosalar berish;

- poezdlar harakati, yuk va yo'lovchilar tashish xavfssizligini ta'minlash sohasidagi faoliyatni amalga oshirish va belgilangan tartibda tekshiruvlar o'tkazish bilan bog'liq transport, aloqa vositalari, xizmat xonalaridan, xizmat vagonining to'siqsiz yurishidan, shuningdek boshqa xuquqlardan foydalanish;

- O'zbekiston Respublikasi bo'ylab safar qilishda lokomotivlar va poezdlar brigadalari tarkibiga O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali xodimlarini belgilangan tartibda tekshiruvchilar sifatida kiritish;

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali o'ziga yuklangan vazifalarning va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o'z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun javob beradi;

IV. O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali faoliyatini tashkil etish

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi markaziy apparatiga hisob beradi.

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililalini O'zdavtemiryo'lnazorat boshlig'i tayinlagan boshliq rahbarlik qiladi.

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali boshlig'i mintaqaviy fililal boshlig'i vakolati doirasida farmoyishlar beradi, O'zdavtemiryo'lnazorat markaziy apparati tomonidan chiqarilgan buyruqlar, qarorlar, yo'riqnomalar ijrosini tashkil etadi va tekshiradi.

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali shtatlar jadvali O'zdavtemiryo'lnazorat boshlig'i tomonidan tasdiqlanadi.

- O'zdavtemiryo'lnazorat inspektsiyasi mintaqaviy fililali xodimlariga belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.