Hamkorlik
Bosh > Hamkorlik > Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20 03 2017

Horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan ozaro hamkorlik togrisida

MALUMOT

2014 yil:

Ozdavtemiryolnazorat Davlat inspeksiyasida Janubiy Koreyaning Samsung Engineering Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bolib otdi. Bolib otgan uchrashuvda Surgil koni bazasida Qoraqolpogiston Respublikasi Qongirot tumanidagi Ustyurt gazkimyo majmuasi investitsion loyihasini joriy qilish va qurilishining borishi muhokama qilindi. Loyihaning texnologik qismi Samsung Engineering Ltd kompaniyasi va Ozbekneftegaz milliy xolding kompaniyasining OzLITIneftegaz korxonasi tomonidan ishlab ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Ozneftegaz MXK bilan ING Grour xalqaro moliyaviy korporatsiyasi, Janubiy Koreyaning Kogas, Lotte Petrochemicfls kompaniyalari va Uz-Kor Chemicals qoshma korxonasi bilan Surgil koni bazasida Ustyurt gazkimyo majmuasi investitsion loyihasining qurilishi va uzoq muddatli moliyalashtirilishi boyicha amaliy muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur loyiha boyicha 2013 yilda Ozbekiston temir yollari DATK tomonidan Qirqqiz bekatida 10 kilometrlik temir yollarning qurilishi bitkazildi. Mazkur loyihada nazarda tutilgan temir yol shoxobcha yollarining qurilishi 2015 yilga qadar davom ettiriladi. Takidlab otish joizki, xalqaro ekspertlarning baholariga kora mazkur loyiha yiliga 4,5 mlrd kub metr tabiiy gazni qazib chiqarish va qayta ishlash, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna poliprolin ishlab chiqarishni nazarda tutgan Orta Osiyodagi eng yirik loyiha hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur investitsion loyihani qurilishiga 5000 kishi jalb qilinsa, zavod ishga tushirilgach neftegaz sanoati sohasining turli mutaxassisligi boyicha 1000 ga yaqin kishi ish bilan taminlanadi. Uchrashuv dostona va samimiy muhitda bolib otdi.

2009 yil:

2009 yilning 5 mayidan 13 mayigacha Yolovchi elektrovozlarini xarid qilish loyihasi doirasida Ozdavtemiryolnazorat DI ning normativ hujjatlarni ishlab chiqish bolimi bosh mutaxassisi Ozbekiston temir yollari DATK delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining CSR Zhuzhou Electric Locomotive Co. Ltd. zavodida boldi.

Mazkur zavodda bolish chogida delegatsiya ishlab chiqarish sexlarini borib kordi, shundan keyin ushbu kompaniya mutaxassislari bilan yolovchi elektrovozining texnik malumotlari tasnifi muhokamasi otkazildi. Umuman olganda yolovchi elektrovozining texnik malumotlari tasnifi CSR Zhuzhou Electric Locomotive Co. Ltd. zavodi tomonidan texnik malumotlar tasnifiga bazi bir tuzatishlar kiritilib qabul qilindi.

Texnik markaz konstruktorlari bilan otkazilgan muzokaralarda: yolovchi elektrovozi dizayni, elektrovozni boyash ranglari hamda elektrovozda farqlanish belgilari va shartli ishoralar (logotip, elektrovoz raqami, uning nomi va b.)ni joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, texnik markaz konstruktorlari bilan hamkorlikda tezkor yolovchi elektrovozining bosh qismi loyihasi, elektrovoz va KLUB-U tizimi boshqaruv displeylari hamda radiostansiya va pnevmatik jihozlarni joylashtirgan holda, mashinist kabinasi dizayni ishlab chiqildi. Shuningdek, mashinist kabinasida konditsioner, muzlatgich va ovqat isitish uchun elektr plitachasini ornatish nazarda tutilgan. Ozbekiston temir yollari DATK mutaxassislari va texnik markaz konstruktorlari bilan elektrovozda asosiy va yordamchi asbob-uskunalarni joylashtirish loyihalari korib chiqildi. Tezkor yolovchi elektrovozining shartnoma texnik malumotlar tasnifi talablariga toliq javob beruvchi texnik tavsifnomasi muhokama qilindi. Yangi elektrovoz loyihasini muhokama qilish jarayonida uning tavsifnomalari bilan bir komponentli disk tormozini qollash masalasi korib chiqildi, shuningdek rekuperativ tormozni qollash natijasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi miqdorini olchaydigan hisoblagich ornatilib qoyiladigan rekuperativ tormozning texnik tavsifnomalari kelishib olindi. Ozbekiston temir yollari DATK mutaxassislari delegatsiyasi CSR Zhuzhou Electric Locomotive Co. Ltd. zavodida bolishi chogida mazkur loyihaning quyidagi yordamchi pudratchilari bilan muzokaralar otkazdi:

SIEMENS kompaniyasi bilan asinxron tortish dvigatellari, ozgartirgichlar, mikroprotsessor tizimlari va elektrovoz boshqaruv displeyini yetkazib berish boyicha. Bunda SIEMENS kompaniyasi korsatib otilgan jihozlarni belgilangan muddatlarda yetkazib berish niyatini, shuningdek Ozbekiston deposi sharoitida gildirak juftlarini chiqarmasdan turib joyida yonish boyicha dastur ishlab berishini tasdiqladi.

Ijevsk radiotexnika zavodi bilan KLUB-U priborlarini, shuningdek mazkur priborlarning zahira ikki komplektini yetkazib berish boyicha. Bunda birinchi elektrovozda KLUB-U tizimli jihozlar ornatilishi ularning rahbarligida amalga oshirilishi haqida kelishib olindi.

Yolovchi elektrovozi loyihasining muhokamasi boyicha qabul qilingan qarorlar 12.05.2009 yildagi bayonnoma bilan rasmiylashtirildi.

2008 yil:

2008 yilning otgan davri mobaynida inspeksiya horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirmagan.

2007 yil:

2007 yilning 28 martidan 5 apreligacha Toshguzor-Qumqorgon yangi temir yol liniyasi qurilishi loyihasi boyicha inspeksiya boshligi birinchi orinbosari koprik ikki ustun metall oraliqlarining ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan tender hujjatlari shartlariga muvofiq tayyorlanayotganligi bilan tanishish va nazorat qilish uchun Yaponiyaning ShIMIDZU-NIPPON STIL INJINIRING-YOKOGAVA qoshma korxonasiga xizmat safariga bordi.

26 martdan 5 aprelgacha Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Banki krediti boyicha inspeksiya litsenziyalashni tashkil etish bolimi boshligi Ozbekiston temir yollari DATK va JTC maslahatchi kompaniyasi vakillari delegatsiyasi tarkibida Tomsk, Nijniy Tagil, Murom (Rossiya) shaharlariga Marubeni Korpareyshen (Tokio sh., Yaponiya) kompaniyasi tomonidan Toshguzor-Boysun-Qumqorgon yangi temir yol liniyasi loyihasi qurilishi shartnomasi boyicha yetkazib berilayotgan yol yuqori kotarmasi materiallarini, texnik xizmat korsatish uchun mashina va mexanizmlarini tayyorlovchi quyidagi zavodlarni nazorat qilish uchun xizmat safari amalga oshirildi: strelka otkazgichlar uchun shpalalar, bruslar, relslar va strelka otkazgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Kuzalev shpalsingdirgich zavodi MChJ, Nijniy Tagil metallurgiya kombinati OAJ va Murom strelka otkazgich zavodi AJ. Zavodga tashrif chogida delegatsiya Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Banki krediti hisobidan Toshguzor-Boysun-Qumqorgon yangi temir yol liniyasi loyihasi qurilishi boyicha Ozbekiston Respublikasi uchun ishlab chiqarilayotgan relslarning ishlab chiqarish uslublari, mahsulotning sifat nazorati tizimi bilan tanishdilar. Bunda aniqlandiki, Nippon stil Korporeyshn tayyorlovchi zavodi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning kimyoviy tarkibi boyicha ham, mexanik xususiyatlariga kora ham Relslarni xarid qilish shartnomasi, R-65 rusumidagi termik ishlov berilgan texnik tasniflari talablariga muvofiqliligini tasdiqlovchi xalqaro sifat sertifikatlari va barcha hujjatlarga egadir. Shundan keyin delegatsiya qatnashchilari shartnoma boyicha ortish uchun tayyorlab qoyilgan relslarning laboratoriya sinovlarini organish bilan zavod laboratoriyasida mazkur relslarning istalgan partiyasini tanlab otkazilgan korikda ishtirok etdilar. Inspeksiya boshligi shuningdek ornatilgan tartibda Ozbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

2006 yil:

2006 yilning 12 iyunidan 15 iyunigacha inspeksiya boshligi Ozbekiston temir yollari DATK delegatsiyasi tarkibida Sofiya shahrida otkazilgan Temir yollar hamkorligi tashkiloti (Organizatsiya sotrudnichestva jeleznx dorog (OSJD)) ministrlari Kengashining yubiley XXXIV sessiyasida qatnashdi. Ushbu sessiya tantanali xususiyatga ega bolib, 1956 yilda Sofiya shahrida otkazilgan Kengashda transport ministrlari tomonidan Temir yollar hamkorligi tashkilotining tashkil etilganligini 50 yilligiga bagishlandi. Mazkur ministrlar Kengashining yubiley XXXIV sessiyasi qatnashchilari Temir yollar hamkorligi tashkilotining 50 yillik faoliyati konstruktiv va sermahsul bolganligini takidladilar. Uning faoliyati davomida Temir yollar hamkorligi tashkiloti azo mamlakatlari vazirliklari va temir yollari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining kop sonli tajribali, malakali mutaxassislari temir yol transporti sohasi rivojlanishiga taaluqli bolgan konkret masalalar va mavzularni hal qilishda faol ishtirok etdilar. Temir yollar hamkorligi tashkiloti (OSJD) bugungi kunda temir yol transportining tarkibiy islohatlar otkazilayotgan sharoitlarda faoliyat korsatishining deyarli barcha (iqtisodiy, moliyaviy, ekspluatatsion va texnik) masalalari hal qilinayotgan yagona xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilish azo mamlakatlarga yuk va yolovchilar tashish, horijiy temir yollar bilan ozaro hisob-kitob qilish bilan bogliq bolgan keng kolamdagi ota muhim masalalarni hal etish imkoniyatini beradi.

2006 yilning 11 oktyabridan 18 oktyabrigacha Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi MChJ zavodi taklifiga binoan Ozbekiston seriyali elektrovozlari juft gildiraklarining bandaj xalqalari bilan bir hil konstruksiyaga ega bolgan elektrovozlardan xavfsiz foydalanishni tadqiqot qilish maqsadida inspeksiya Toshkent filiali boshligining Ozbekiston temir yollari DATK delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari amalga oshirildi. Delegatsiya tomonidan Suo Xuan va Chjuchjo lokomotiv depolarining tamirlash sexlari borib korilganda, Ozbekiston seriyali elektrovozlari juft gildiraklarining bandaj xalqalari bilan bir hil konstruksiyaga ega bolgan elektrovozlarni tamirlash texnologik jarayoni bilan tanishdilar va ularning texnik holati tadqiqotini amalga oshirdilar. Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi MChJ zavodida delegatsiya qatnashchilari tomonidan gildirak juftlarini yigish boyicha sex korib chiqildi va ularni yigish boyicha texnik hujjatlar bilan tanishildi. Yangi yigilgan gildirak juftlari korib chiqilganda bandaj xalqalarining boshaganligi aniqlandi, oz ornida Ozbekiston seriyali elektrovozlarni tamirlash boyicha qollanma va shuningdek bandaj xalqalarini montaj qilish texnologiyasi hamda tekshirish uslublari talablariga muvofiq bunga yol qoyilmaydi. Shu munosabat bilan delegatsiya qanashchilari Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi MChJ zavodining ishlab chiqarish, tayyorlash texnologiyasi va servis xizmati korsatish boyicha rahbarlari va mutaxassislari bilan birgalikda texnik muzokaralar otkazdilar, buning natijasida bayonnoma tuzildi va kafolat xati olindi. Mazkur bayonnoma qarori bilan zavod vakillari elektrovoz gildirak juftlari bandaj xalqalarining ushbu konstruksiyasi harakat xavfsizligi talablarini qondirish imkoniyatini berishni kafolatladilar va javobgarlikni, shuningdek 2006 yil noyabr oyi oxiriga qadar Ozbekiston seriyali elektrovozlar gildirak juftlari bandaj xalqalarini montaj qilish texnologiyasi va tekshirish uslublari boyicha texnik hujjatlarga tegishli ozgartirishlar kiritish majburiyatini oz zimmalariga oldilar. Shuningdek Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi MChJ zavodi mutaxassislarini ishlab chiqilgan normativ-texnik hujjatlarga muvofiq gildirak juftlarining tamirlash muddatlarini ornatish va keyinchalik ulardan foydalanish imkoniyatini aniqlash maqsadida Ozbekiston Respublikasiga jonatish togrisida qaror qabul qilindi.

2005 yil:

2005 yilning 13 avgustidan 20 avgustigacha inspeksiya boshligi Ozbekiston temir yollari DATK delegatsiyasi tarkibida, Kredit kelishuviga binoan Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Banki (Yevropeyskiy Bank Rekonstruksii i Razvitiya (YeBRR)) tomonidan moliyalashtirilayotgan Dizel lokomotivlarini modernizatsiya qilish loyihasi boyicha 2-bosqichini baholash hisoboti bilan bogliq masalalar boyicha muzokaralar otkazish uchun London shahriga Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Banki shtab-kvartirasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Ushbu muzokaralarda shuningdek loyihani amalga oshirish boyicha Ozbekiston temir yollari DATK ning maslahatchisi bolgan Kanareyl kompaniyasi vakillari hamda Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Bankining Mustaqil texnik eksperti ishtirokida Bankning transport va xaridlar bolimlari vakillari ishtirok etdilar. Ushbu muzokaralar natijalariga kora Ozbekiston temir yollari DATK delegatsiyasi va Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Bankining vakillari tomonidan 2005 yil 19 avgustdagi bayonnoma imzolandi. Shuningdek, inspeksiya boshligi belgilangan tartibda Ozbekiston Respublikasining London shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.