Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga
Bosh > Interativ hizmatlar > Xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11 03 2016

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik echimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O'zbekiston Respublikasi Temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan kelishish tartibi to'g'risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1.Ushbu Nizom amalga oshirilgan kelishish natijalari bo'yicha muayyan muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl bo'yicha harakatlanadigan temir yo'l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik echimlardan ishlab chiqarishda foydalanish huquqini beruvchi guvohnomani (keyingi o'rinlarda guvohnoma deb ataladi) berish uchun tashkilotlarning lokomotivlari, yuk va izotermik vagonlarining (keyingi o'rinlarda harakatlanadigan temir yo'l tarkibi deb ataladi) xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik echimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O'zbekiston Respublikasi Temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi xizmat qilish muddati tamom bo'lgan yoki tamom bo'layotgan o'zining harakatlanadigan temir yo'l tarkibiga ega bo'lgan, O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga guvohnoma olish uchun hujjatlarni taqdim etuvchi tadbirkorlik sub'ekti yuridik shaxs; harakatlanadigan temir yo'l tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddati belgilangan xalqaro normalarga va ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq tayyorlovchi zavod tomonidan nazarda tutilgan, unga erishilganda harakatlanadigan temir yo'l tarkibidan foydalanish, texnik holatidan qat'i nazar, to'xtatilishi kerak bo'lgan foydalanishning kalendar davom etishi; harakatlanadigan temir yo'l tarkibining xizmat qilish muddati harakatlanadigan temir yo'l tarkibidan foydalanish boshlangandan boshlab foydalanishning kalendar davom etishi yoki cheklangan holatga o'tgunga qadar ta'mirlashdan keyin uning tiklanishi; ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot harakatlanadigan temir yo'l tarkibiga texnik tashxis qo'yish bo'yicha ishlarni bajarish vakolati berilgan tashkilot; texnik echim maxsus ekspert tashkiloti tomonidan berilgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan hamda texnik asos va harakatlanadigan temir yo'l tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddatini uzaytirish shartlari mavjud bo'lgan hujjat.
3. Guvohnomaning amal qilish muddati harakatlanadigan temir yo'l tarkibi xizmat qilishini uzaytirish muddatiga muvofiqdir.
4. Harakatlanadigan temir yo'l tarkibi xizmat qilishining yangi muddatini hisoblash guvohnoma berilgan sanadan belgilanadi.

II. Ruxsat berish talablari va shartlari

5. Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat muddatini uzaytirishda quyidagilar ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishda qonunchilikka majburiy rioya qilish; harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yong'in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini ta'minlash;
guvohnomada ko'rsatilgan doiralarda lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish
; qayta ro'yxatdan o'tgandan keyin ariza beruvchining nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) o'zgarganligi to'g'risida etti ish kuni mobaynida O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasini xabardor qilish.

III. Guvohnomani olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar

6. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi
O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl bo'yicha quyidagilar: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yo'l tarkibining soni va tipi (seriyasi) ko'rsatilgan holda guvohnoma berish to'g'risidagi ariza;
-ushbu Nizomga 5-ilovaga* (lokomotivlar uchun), 6-ilovaga* (vagonlar uchun) muvofiq shakllar bo'yicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yo'l tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi texnik echim.
7. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etishga yo'l qo'yilmaydi.
8. Guvohnoma olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga bevosita, ular olinganligi to'g'risidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Guvohnoma olish uchun O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga taqdim etilgan hujjatlar ro'yxat bo'yicha qabul qilinadi va ro'yxat O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to'g'risida belgi qo'yilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).

IV. Arizani ko'rib chiqish va guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish

10. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilish sanasidan boshlab besh ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda, shu jumladan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan arizani ko'rib chiqish muddatida arizani ko'rib chiqadi, guvohnomani beradi yoki uni berishni rad etadi. Ariza ko'rib chiqilganligi uchun yig'im undirilmaydi.
11. Agar O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga guvohnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat tamom bo'lgandan keyin ariza beruvchi bu haqda O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda texnik echimda ko'rsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yo'l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish huquqiga ega bo'ladi Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga guvohnoma berishi shart. Guvohnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ro'yxati ular qabul qilingan sana to'g'risida qo'yilgan belgi va ariza beruvchi tomonidan O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda guvohnomaga tenglashtiriladi va texnik echimda ko'rsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yo'l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish uchun asos hisoblanadi.
12. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi rahbari (boshlig'i yoki uning o'rinbosari) O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 7-ilovaga* muvofiq shakl bo'yicha muvofiqlik to'g'risidagi dalolatnoma asosida guvohnomani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.
*1 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
13. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi rahbarining (boshlig'i yoki uning o'rinbosarining) imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
14. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi to'g'risida yozma shaklda uni xabardor qiladi. Guvohnoma berilganligi uchun yig'im undirilmaydi.
15. Guvohnomani berish quyidagi asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida ko'rsatilgan hujjatlarning to'liq bo'lmagan hajmda taqdim etilishi;
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma'lumotlar mavjudligi. Boshqa asoslar bo'yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan xulosa berish rad etilishiga yo'l qo'yilmaydi.
16. Guvohnomani berish rad etilishi to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to'g'risidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo'lgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi to'g'risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o'n ish kunidan kam bo'lishi mumkin emas.
17. Ariza beruvchi tomonidan guvohnomani berish rad etilishi uchun asos bo'lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko'rib chiqish, guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish
O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to'g'risidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o'n ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza takroran ko'rib chiqilganligi uchun yig'im undirilmaydi.
18. Hujjatlarni takroran ko'rib chiqishda
O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi, oldin ko'rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog'liq rad etish sabablarini ko'rsatish bundan mustasno.
19. Guvohnomani berish rad etilishi to'g'risidagi yozma xabarnomada ko'rsatilgan muddat tamom bo'lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va
O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tomonidan umumiy asoslarda ko'rib chiqiladi.
20. Ariza beruvchi guvohnomani berish rad etilishi, shuningdek O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

V. Guvohnomani berishda O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi bilan O'zbekiston temir yo'llari davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining o'zaro hamkorligi tartibi

21. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi guvohnomani berishda O'zbekiston temir yo'llari davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlikni tashkil etadi.
22. Bir oyna bo'yicha guvohnomani berishda O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi bilan O'zbekiston temir yo'llari davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining o'zaro hamkorligi ayirboshlash vositasida, shu jumladan elektron pochta, guvohnoma berish to'g'risidagi qarorni qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni ayirboshlash orqali amalga oshiriladi .
23. O'zbekiston temir yo'llari davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasidan hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida hujjatlarni ko'rib chiqishi va texnik echimni kelishishi yoxud O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga asoslangan yozma mulohazalar va takliflarni taqdim etishi shart.

VI. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish

24. Ariza beruvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) o'zgargan taqdirda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin etti ish kuni mobaynida ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to'g'risida O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga ariza berishi shart. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga ushbu Nizomning 8-bandida ko'rsatilgan tartibda taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub'ektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
25. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish to'g'risida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana to'g'risida O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasining belgisi bilan birgalikda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to'g'risida berilgan ariza asosida guvohnomada ko'rsatilgan lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.
26. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi berilgan guvohnomalar reestriga o'zgartirishlar kiritadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to'g'risidagi ariza O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi.
27. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig'im undirilmaydi.
28. Guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo'lgach u ariza beruvchining arizasiga ko'ra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasiga guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo'lgunga qadar berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
29. Guvohnoma yo'qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga ko'ra unga guvohnomaning dublikati beriladi.
30. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi guvohnomaning dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda guvohnomaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda beradi (yuboradi). Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun yig'im undirilmaydi.

VII. Guvohnomaning amal qilishini to'xtatib turish, to'xtatish va uni bekor qilish

31. Guvohnomaning amal qilishini to'xtatib turish va to'xtatish, guvohnomani bekor qilish Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
32. Quyidagilar guvohnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to'xtatish uchun asos bo'luvchi ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qo'pol ravishda buzilishiga tegishlidir:
O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi tomonidan belgilangan tartibda o'tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishni tekshirishdan bosh tortish; guvohnoma berilgan harakatlanadigan temir yo'l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik echimlardan ishlab chiqarishda foydalanish natijasida fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga zarar etkazilishi yoxud bunday zarar etkazilishining real xavfi yaratilishi.

VIII. Berilgan guvohnomalar reestri

33. O'zdavtemiryo'lnazorat davlat inspektsiyasi berilgan guvohnomalar reestrini yuritadi va uni o'zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
34. Berilgan guvohnomalar reestrida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni; guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami; guvohnomaning amal qilish muddati; guvohnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi; guvohnoma dublikatini berishning asosi va sanasi.

IX. Yakunlovchi qoidalar

35. Ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot xizmat qilish muddatini uzaytirishga taqdim etilgan harakatlanadigan temir yo'l tarkibining o'tkazilgan texnik tashxisi xolisligi, ishonchliligi, asoslanganligi, to'liqligi, tayinlangan ta'mirlashning turi va hajmi hamda texnik echim bilan belgilangan harakatlanadigan temir yo'l tarkibi xizmat qilishining yangi muddati to'g'ri tanlanganligi uchun javob beradi.
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.  

Hujjatlar shakllari