Inspeksiya nizomi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 19 apreldagi 337-son qaroriga
5-ILOVА

 

Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʼllarda yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi toʼgʼrisida
NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 1. Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʼllarda yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasining (keyingi oʼrinlarda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyati va hisobotini tashkil etish tartibini, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbarlarining funktsional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi poezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish funktsiyalarini bajaruvchi, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda temir yoʼl transporti sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar (keyingi oʼrinlarda temir yoʼl transporti korxona va tashkilotlari deb ataladi) tomonidan temir yoʼl transporti sohasidagi harakat xavfsizligini taʼminlashga oid belgilangan qoida va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transporti tashkilotlari va korxonalarida qozonxona obʼektlari va koʼtarish inshootlaridan xavfsiz foydalanishni nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organidir.
3. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (keyingi oʼrinlarda Transport vazirligi deb ataladi) boʼysunadi va hisob beradi.
4. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʼrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligi qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining oʼz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi va uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansiga, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʼaznachiligida gʼazna shaxsiy hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydi.
7. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʼliq — Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʼllarda yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi;
qisqartirilgani — «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi;
b) ingliz tilida:
toʼliq — The Inspection for the supervision of the safety of railway transportation under the Ministry of Transport of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgani — Uzrailwaysupervision;
v) rus tilida:
toʼliq — Inspektsiya po nadzoru za bezopasnostьyu jeleznodorojnыx perevozok pri Ministerstve Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgani — Uzjeldornadzor.
8. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi joylashgan joy (pochta manzili): 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston koʼchasi, 7-uy.

 

2-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining tuzilmasi

 9. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Toshkent, Fargʼona, Buxoro, Orolboʼyi va Qashqadaryo hududiy filiallari;
«Temir yoʼl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi (keyingi oʼrinlarda idoraviy mansub tashkilot deb ataladi).

3-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining asosiy vazifalari va funktsiyalari

 1-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining asosiy vazifalari va funktsiyalari
10. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʼzbekiston Respublikasi temir yoʼl transportida yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
temir yoʼl transportida foydalaniladigan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ularni sertifikatlashdan oʼtkazishni tashkil etish;
temir yoʼllarda yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligi sohasida hamkorlikni amalga oshirish va xalqaro tashkilotlarda Transport vazirligi manfaatlarini ifoda etish.
11. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
1) Oʼzbekiston Respublikasi temir yoʼl transportida yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirish sohasida:
umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transportida va temir yoʼl transporti sohasida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning shoxobcha yoʼllarida (keyingi oʼrinlarda temir yoʼl shoxobcha yoʼllari deb ataladi) yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yoʼllarda yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga, temir yoʼl transportining harakatlanuvchi tarkibi, texnik vositalarini saqlash, xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari ijrosini nazorat qiladi;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yoʼllarda poezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga va temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlari belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
temir yoʼl transporti obʼektlari, mahsulotlari va texnologiyalarining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
poezdlar harakati xavfsizligi talablarini buzish holatlari boʼyicha temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan olib boriladigan xizmat tekshiruvlarining toʼgʼriligini nazorat qiladi (halokatga uchrash va avariyalar bundan mustasno);
temir yoʼl transporti korxona va tashkilotlari tomonidan poezdlar harakati xavfsizligi qoidalarining buzilish holatlarini hisobga oladi va tahlil qiladi, shuningdek, temir yoʼllarda tashishlar xavfsizligi holati toʼgʼrisida ularni xabardor qiladi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarida qozonxona obʼektlari, koʼtarish inshootlari va oʼlchash tizimlarini saqlash, ulardan xavfsiz foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yoʼllarda tashishlar xavfsizligini oshirish boʼyicha tarmoq dasturlarining ijrosini nazorat qiladi;
temir yoʼl transportida tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
Oʼzbekiston Respublikasi hududida harakat xavfsizligi talablarining buzilishi va ularning sabablari yuzasidan xizmat tekshiruvini oʼtkazish tasnifi hamda tartibi boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transportida poezdlar harakati xavfsizligini texnik va texnologik nazorat qilishni taʼminlovchi umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transportining tarkibiy boʼlinmalari faoliyatiga uslubiy yordam koʼrsatadi;
nazorat funktsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subʼektlari, shuningdek, isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlari ustuvorligi himoya qilinishini taʼminlaydi;
2) temir yoʼl transportida foydalaniladigan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish, shuningdek, ularni sertifikatlashni tashkil etish sohasida:
temir yoʼl mahsulotining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi, materiallar, detallar, uzellar va buyumlar sifati va xavfsizligi, shuningdek, texnik holati va qolgan resurslar toʼgʼrisida maʼlumot olish maqsadida ularning parametrlari va koʼrsatkichlarini belgilaydi;
temir yoʼl transportida foydalaniladigan va tayyorlovchi tomonidan keyinchalik sertifikatlash uchun buyurtma berilgan mahsulotlarning xavfsizlik va sifat koʼrsatkichlarini texnik jihatdan tartibga solish boʼyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʼrganadi va baholaydi;
respublikada olinib kelinadigan, ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan temir yoʼl mahsulotlarining sinov bazasini va sertifikatlashni rivojlantirish va shu asosda muvofiqlikni baholash natijalarining davlatlararo darajada eʼtirof etilishiga erishish choralarini koʼradi;
temir yoʼl transportining harakatlanuvchi tarkibi va texnik vositalari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
temir yoʼl transporti obʼektlarini ishlab chiqaruvchi, quruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini ularda poezdlarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʼyicha texnik tekshirishni tashkil etadi va oʼtkazadi hamda ularga belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini beradi;
3) temir yoʼllarda yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligi sohasida hamkorlikni amalga oshirish va xalqaro tashkilotlarda Transport vazirligi manfaatlarini ifoda etish sohasida:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan boshqa davlatlarning tashkilotlari, tegishli organlari bilan belgilangan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
temir yoʼllarda tashishlar va mahsulotlar xavfsizligini taʼminlash, normativ-huquqiy bazani, temir yoʼllardan texnik jihatdan foydalanishni takomillashtirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar ishida, konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etadi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi oʼziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot orqali amalga oshiradi.
2-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining asosiy vazifalari va funktsiyalari
12. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot bilan birga «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
xorijiy davlatlarning temir yoʼllarda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi tajribasini oʼrganishni tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tomonidan yuqori tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik amalga oshirilishini taʼminlash;
idoraviy mansub tashkilotni rivojlantirishga koʼmaklashish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga, temir yoʼl transportining harakatlanuvchi tarkibi, texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat etish;
umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarida qozonxona obʼektlari va koʼtarish inshootlaridan xavfsiz foydalanish nazoratini amalga oshirish;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligi sohasida hamkorlikni tashkil etish va xalqaro tashkilotlarda Transport vazirligi manfaatlarini ifoda etishni taʼminlash.
13. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparati oʼziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
markaziy apparatning tarkibiy boʼlinmalari, hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Transport vazirligining buyruqlari va qarorlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
oʼz vakolatlari doirasida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi va uning oʼrinbosari buyruqlari va farmoyishlarini bajaradi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tomonidan Transport vazirligiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va oʼz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʼtkazilishini tashkil qiladi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari, idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining huquqiy taʼminotini, shu jumladan qonun ijodkorligini tashkil qiladi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyati uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan temir yoʼl tarmogʼini rivojlantirish tendentsiyalari toʼgʼrisidagi axborotlarni toʼplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
tadbirkorlik subʼektlariga «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʼyicha axborot, uslubiy, tashkiliy va maslahat yordami koʼrsatadi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlar masalalari, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʼjalik va boshqa masalalarni hal etadi;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarida ularning temir yoʼllarda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar talablarini bajarishini belgilangan tartibda tekshiradi;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yoʼlda tashishlar xavfsizlik darajasini va temir yoʼl transportining texnik vositalari ishonchliligini oshirishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlari belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik subʼektlarining buyurtmanomalariga muvofiq obʼektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning temir yoʼl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan poezdlar harakatining xavfsizlik talablarining buzilish (avariya va halokatlardan tashqari) holatlar yuzasidan olib boriladigan xizmat tekshiruvlarining toʼgʼriligini nazorat qiladi;
temir yoʼl transporti korxona va tashkilotlari tomonidan temir yoʼlda tashishlar xavfsizlik qoidalarining buzilish holatlarini hisobga olish va tahlil etishni amalga oshiradi va Transport vazirligiga oʼz vaqtida axborot berishni taʼminlaydi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyatiga umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transportida va shoxobcha temir yoʼllarda temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashning holati toʼgʼrisida axborot beradi;
umumiy foydalanishdagi va shoxobcha temir yoʼllarda temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashning holati toʼgʼrisida statistika maʼlumotlari va boshqa axborot materiallarini yigʼadi va tahlil qiladi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarida qozonxona obʼektlari, koʼtarish inshootlari va oʼlchash tizimlarini saqlash, ulardan xavfsiz foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqiy-normativ hujjatlar va normativ hujjatlar bajarilishini nazorat qiladi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʼl transportida va shoxobcha temir yoʼllarda temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash darajasini oshirish boʼyicha davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʼyicha takliflarni ishlab chiqadi va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyatiga kiritadi;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, normativ-huquqiy baʼzani takomillashtirish, temir yoʼllardan texnik foydalanish masalalari boʼyicha xalqaro tashkilotlar ishida, konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etadi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha idoralararo kengashlar, komissiyalar, ishchi guruhlar ishida ishtirok etadi;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʼyicha yigʼilishlar, seminarlar tashkil etadi va oʼtkazadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʼrib chiqilishini taʼminlaydi.
3-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallarining asosiy vazifalari va funktsiyalari
14. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi oʼrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishtirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qiladi;
tegishli hududda temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash va temir yoʼl transportida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli hududda temir yoʼl transporti obʼektlari va texnologiyalarining belgilangan talablarga muvofiqligi boʼyicha doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi.
15. Hududiy filiallar oʼziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarida harakatlanuvchi tarkib parkini va texnik vositalarni yangilash dasturlarini ishlab chiqishga koʼmaklashadi;
tegishli hududda temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarida temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining ular tomonidan bajarilishi boʼyicha tekshiruvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
tegishli hududda temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga va texnik vositalar ishonchliligini oshirishga qaratilgan temir yoʼl transporti tashkiliy-texnik hamda profilaktika tadbirlari ishlab chiqilishi va oʼtkazilishini nazorat qiladi;
tegishli hududda yuridik shaxslar buyurtmanomalariga binoan obʼektlar va texnologiyalarning temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan ularni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
tegishli hududda poezdlar harakati xavfsizligi taʼminlanishini buzish holatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlarini oʼtkazishda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
tegishli hududda poezdlar harakati xavfsizligi taʼminlanishini buzish holatlarini toʼgʼri tasniflanishi va xizmat tekshiruvi oʼtkazilishini nazorat qiladi, shuningdek, tekshirish materiallarining «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatiga oʼz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
tegishli hududda temir yoʼl transporti korxona va tashkilotlari tomonidan poezdlar harakati xavfsizligi talablari buzilishini hisobga oladi va tahlil qiladi hamda hisobotlarning «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatiga oʼz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
oʼz vakolatlari doirasida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi va uning oʼrinbosarining buyruqlari va farmoyishlarini bajaradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishda ishtirok etadi.
4-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi va uning boʼlinmalarining huquqlari va javobgarligi
1-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining huquq va javobgarligi
16. «Oʼzdavtemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi oʼziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish bilan bogʼliq boʼlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Transport vazirligiga kiritish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan macalalarda davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan macalalarni hal etish uchun davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʼrash va olish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini oʼz tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʼlinmadan ikkinchisiga belgilangan tartibda berish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi, uning hududiy filiallari va unga idoraviy mansub tashkilot xodimlari tomonidan tegishli sohada faoliyatining asosiy koʼrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, ularni moddiy ragʼbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Transport vazirligi, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʼrib chiqishi uchun «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, xalqaro shartnomalarni tuzishda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Transport vazirligiga takliflar kiritish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan Transport vazirligi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifoda etish;
temir yoʼl transporti korxonalari va tashkilotlarining obʼektlariga belgilangan tartibda borish va ular tomonidan temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga, harakatlanuvchi tarkib va temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga, temir yoʼl transportining harakatlanuvchi tarkibi, texnik vositalarini saqlash, xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining aniqlangan buzilish holatlarini belgilangan muddatda bartaraf etish toʼgʼrisida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan bajarilishi majburiy boʼlgan koʼrsatmalar berish va bu borada koʼrilayotgan choralar haqida axborot berish muddatlarini belgilash;
temir yoʼl trancporti cohacida harakatlanuvchi tarkib va boshqa texnik vositalarni ishlab chiqarish (qurish), sinash, ommaviy ishlab chiqarish va foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish;
temir yoʼl trancporti cohacida faoliyat yuritadigan jicmoniy va yuridik shaxclarga shartnoma asosida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining idoraviy mansub tashkiloti orqali sertifikatlash xizmatlarini koʼrsatish;
temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga, harakatlanuvchi tarkib va temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzadigan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʼrish;
temir yoʼl transportining texnik vositalaridan foydalanishni va bu boradagi ishlarni bajarishni belgilangan tartibda toʼxtatish, nosozligi sababli odamlar hayoti va sogʼligiga, tashishlar xavfsizligiga xavf tugʼdiradigan poezdlarning oʼtish joylari, stantsiyalar hamda kirish yoʼllarida harakatlanishini toʼxtatish yoki harakatlanish tezligini cheklash toʼgʼrisida koʼrsatmalar berish;
sifatsiz taʼmirlangani uchun lokomotivlar, motorvagonli harakatlanuvchi tarkib va vagonlarni, yoʼllar va bir izni boshqa izga oʼtkazish strelkalarini, signalizatsiya va aloqa moslamalari, bogʼlanish tarmoqlarini taʼmirlashdan chiqarishni man etish;
lokomotivlar, vagonlar, yoʼllar, signal, aloqa va elektr taʼminoti tizimlari, shuningdek, temir yoʼl transportining boshqa texnik vositalari komissiya koʼrigidan belgilangan tartib buzilgan holda oʼtkazilgani uchun ularning natijalarini bekor qilish;
poezdlar harakati xavfsizligi talablari hamda temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatlanuvchi tarkibni, temir yoʼl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʼrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilish holatlari yuzasidan materiallarni tegishli organlarga belgilangan tartibda berish;
transport, aloqa vositalari, xizmat binolari va xizmat vagonlaridan erkin foydalanish, shuningdek, poezdlar harakati, yuk va yoʼlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash sohasida faoliyat yuritish va tekshiruvlarni belgilangan tartibda oʼtkazish bilan bogʼliq boshqa huquqlardan foydalanish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarini Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab safarlar chogʼida lokomotivlar va poezdlar brigadalari tarkibiga tekshiruvchilar sifatida kiritish.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
17. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni samarali amalga oshirish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyati bilan bogʼliq prognoz koʼrsatkichlarga erishilishini qatʼiy taʼminlash;
Transport vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi qabul qiladigan qarorlarning sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlariga;
temir yoʼl tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha temir yoʼlda tashishlar xavfcizligini taʼminlash cohaciga doir, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda muammoli masalalarni hal etish boʼyicha temir yoʼlda tashishlar xavfcizligini taʼminlash sohasiga doir dacturlar, chora-tadbirlar rejasi, «yoʼl xaritalari» va boshqa dacturiy hujjatlarni camarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularning himoya etilishini taʼminlash uchun masʼuldir.
2-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
18. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparati oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tahlil etish va macalalarni qayta ishlash uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparatida koʼrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʼrash va olish;
zarur boʼlganda, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasida koʼrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlashda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlar uchun ekcpert hamda ishchi guruhlarni tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan sohasida respublikaning yuqori tezlikda harakatlanadigan temir yoʼl uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat etish boʼyicha doimiy idoralararo komissiyasining ishini tashkil etish va taʼminlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab etish, zarur boʼlganda, qayta ishlab chiqish uchun qaytarish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʼilishlar oʼtkazish;
hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlariga zudlik bilan hal etishni talab etadigan va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish bilan bogʼliq boʼlgan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy hujjatlar, Oʼzbekicton Recpublikaci Prezidenti, Vazirlar Mahkamaci va Transport vazirligining topshiriqlari, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hamda uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining faoliyatini oʼrganish va belgilangan tartibda tekshirish;
yuridik va jicmoniy shaxclar tomonidan bajarilishi majburiy boʼlgan koʼrsatmalarni oʼz vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;
temir yoʼl transportining texnik vositalaridan foydalanishni va bu boradagi ishlarni bajarishni belgilangan tartibda toʼxtatish, nosozligi sababli odamlar hayoti va sogʼligiga, tashishlar xavfsizligiga xavf tugʼdiradigan poezdlarning oʼtish joylari, stantsiyalar hamda kirish yoʼllarida harakatlanishini toʼxtatish yoki harakatlanish tezligini cheklash toʼgʼrisida koʼrsatmalar berish;
sifatsiz taʼmirlangani uchun lokomotivlar, motorvagonli harakatlanuvchi tarkib va vagonlarni, yoʼllar va bir izni boshqa izga oʼtkazish strelkalarini, signalizatsiya va aloqa moslamalari, bogʼlanish tarmoqlarini taʼmirlashdan chiqarishni man etish;
lokomotivlar, vagonlar, yoʼllar, signal, aloqa va elektr taʼminoti tizimlari, shuningdek, temir yoʼl transportining boshqa texnik vositalari komissiya koʼrigidan belgilangan tartib buzilgan holda oʼtkazilgani uchun ularning natijalarini bekor qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab safarlar chogʼida lokomotivlar va poezdlar brigadalari tarkibida tekshiruvchilar sifatida ishtirok etish.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
19. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparati:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparati tarkibiy boʼlinmalari, hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti bilan birgalikda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarning sifatli va oʼz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyati bilan bogʼliq prognoz koʼrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʼyicha «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparati tarkibiy boʼlinmalarining ishini tashkil etish;
Transport vazirligiga koʼrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ishlab chiqish va ekspertizadan oʼtkazish sifati;
markaziy apparatning tarkibiy boʼlinmalari, hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkiloti tomonidan temir yoʼlda tashishlar xavfcizligini taʼminlash cohacida temir yoʼl tarmogʼini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda muammoli masalalarni hal etish boʼyicha dacturlar, chora-tadbirlar rejasi, «yoʼl xaritalari» va boshqa dacturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularni himoya qilishni taʼminlash uchun masʼuldir.
3-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallarining huquqlari va javobgarligi
20. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʼz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʼlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʼrash va olish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan muhim muammolarni ishlab chiqish va koʼrib chiqish yuzasidan idoralararo komissiyalar hamda kengashlarda hududiy darajada ishtirok etish;
davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʼrib chiqish uchun «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha takliflar kiritish;
oʼz vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jicmoniy shaxclar tomonidan bajarilishi majburiy boʼlgan koʼrsatmalar berish;
temir yoʼl transportining texnik vositalaridan foydalanishni va bu boradagi ishlarni bajarishni belgilangan tartibda toʼxtatish, nosozligi sababli odamlar hayoti va sogʼligiga, tashishlar xavfsizligiga xavf tugʼdiradigan poezdlarning oʼtish joylari, stantsiyalar hamda kirish yoʼllarida harakatlanishini toʼxtatish yoki harakatlanish tezligini cheklash toʼgʼrisida koʼrsatmalar berish;
sifatsiz taʼmirlangani uchun lokomotivlar, motorvagonli harakatlanuvchi tarkib va vagonlarni, yoʼllar va bir izni boshqa izga oʼtkazish strelkalarini, signalizatsiya va aloqa moslamalari, bogʼlanish tarmoqlarini taʼmirlashdan chiqarishni man etish;
lokomotivlar, vagonlar, yoʼllar, signal, aloqa va elektr taʼminoti tizimlari, shuningdek, temir yoʼl transportining boshqa texnik vositalari komissiya koʼrigidan belgilangan tartib buzilgan holda oʼtkazilgani uchun ularning natijalarini bekor qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab safarlar chogʼida lokomotivlar va poezdlar brigadalari tarkibida tekshiruvchilar sifatida ishtirok etish.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
21. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarning sifatli va oʼz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan prognoz koʼrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarining, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti qabul qiladigan qarorlarning sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlariga;
tegishli hududda temir yoʼlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida temir yoʼl tarmogʼini boʼyicha rivojlantirishga oid takliflarni hududda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tayyorlash;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida temir yoʼlda tashishlar xavfcizligini taʼminlash cohacida temir yoʼl tarmogʼini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda muammoli masalalarni hal etish boʼyicha dacturlar, tadbirlar rejalari, «yoʼl xaritalari» va boshqa dacturiy hujjatlarning sifatli amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
5-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari va javobgarligi
22. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:
Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga umumiy rahbarlik qilish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligining tegishli qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi va uning tarkibiy boʼlinmalari, hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining faoliyati bilan bogʼliq prognoz koʼrsatkichlarga erishishni soʼzsiz taʼminlash boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Transport vazirligi topshirigʼiga koʼra, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining tarkibiy boʼlinmalari va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʼrib chiqishda ishtirok etish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʼrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, transport vazirining topshiriqlarini bajarish;
oʼz oʼrinbosarining, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʼz oʼrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyat darajasini belgilash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining va oʼz oʼrinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʼlinmalar, hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʼrish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparati va hududiy filiallari, idoraviy mansub tashkilot rahbarlari va xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayiinlash va lavozimdan ozod etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligi nomenklaturasiga kiradigan boʼsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, layoqati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlari yuqori darajasining kafolatlanganligini taʼminlash;
faoliyat sohasidagi masalalar boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning «Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida»gi, «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida» 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining Reglamenti (keyingi oʼrinlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining Reglamenti deb ataladi), Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʼrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda ishlab chiqilishi va oʼz vaqtida Transport vazirligiga kiritilishini tashkil etish, ularning Transport vazirligida ishlab chiqilishi, Transport vazirligi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Vazirlar Mahkamasida koʼrib chiqilishi va qayta ishlanishida ishtirok etish;
«Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida», «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyati namunaviy reglamentiga muvofiq «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining qonun loyihalari faoliyatini tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʼliq va har tomonlama koʼrib chiqilishini taʼminlash, ularning moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan oʼtkazish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʼyish);
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaxslarning chet el mamlakatlariga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qaroriga hamda «Xorijiy xizmat safarlarida boʼlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʼzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga toʼliq muvofiq ravishda tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʼlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
oʼz oʼrinbosarining hamda tarkibiy boʼlinmalar, hududiy filiallar hamda idoraviy mansub tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi yigʼilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʼyicha zarur choralar koʼrish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi masʼul xodimlarini ragʼbatlantirish, ularni intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʼz oʼrinbosarini ragʼbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan uning kelgusida oʼz lavozimida qolish-qolmasligining maqsadga muvofiqligi toʼgʼrisidagi masalalarni koʼrib chiqish boʼymcha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan tizimli ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi, uning idoraviy mansub tashkiloti va hududiy filiallari xodimlarining Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi oʼrinlarda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etishini taʼminlash;
«Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʼrish, shuningdek, huquqni qoʼllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi, uning tarkibiy boʼlinmalari, hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
«Elektron hukumat toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan oʼzaro hamkorlikni amalga oshirishda, jumladan, «yagona darcha» tamoyilini joriy etish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yoʼli bilan davlat xizmatlari koʼrsatish samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʼzaro hamkorlikni samarali tashkil etish, ularning faoliyatida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarining faol ishtirokini yoʼlga qoʼyish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlarini oʼz vaqtida va toʼliq koʼrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining moliya-xoʼjalik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining tarkibiy boʼlinmalari, hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot toʼgʼrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining shtatlar jadvalini, shuningdek, harajatlari smetasini Transport vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
belgilangan shtatlar umumiy soni doirasida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tuzilmasiga belgilangan tartibda oʼzgartirishlar kiritish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi mansabdor shaxslari, hududiy filiallar va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilot tomonidan bajarilishi majburiy boʼlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqarish, shuningdek, ularning ijrosi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshirish;
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʼtkaziladigan rasmiy tadbirlarda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi nomidan vakillik qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
23. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi oʼrinbosarining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi vaqtinchalik boʼlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʼrtasida vazifalarni taqsimlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʼnalishlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalar tomonidan prognoz koʼrsatkichlarga erishishni soʼzsiz taʼminlash choralarini koʼrish, boʼlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʼrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʼlinmalarida ijro intizomi boʼyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va «Davlat organlari va tashkilotlari ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʼz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʼlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʼrish;
Transport vazirligi va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining qarorlari, transport vaziri va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining buyruqlari va topshiriqlari oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish boʼyicha «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼiga takliflar taqdim etish, ularning kasbiy mahorati, layoqati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlari yuqori darajasining kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʼrish, mutasaddilik qilinadigan boʼlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan boʼlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʼrib chiqish va ular keyinchalik «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi tomonidan koʼrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʼyilishi) uchun viza qoʼyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Transport vazirligiga oʼz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining topshirigʼi boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Transport vazirligi va Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqishda ishtirok etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʼliq va har tomonlama koʼrib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatdan puxta ekspertizadan oʼtkazish;
xizmat safarlarini Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida boʼlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʼzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʼliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʼlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
faoliyat sohasiga taalluqli masalalar boʼyicha «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʼrish, qonunchilikni takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish va ularni «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʼbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida kelgusida qolish-qolmasligining maqsadga muvofiqligi masalasini koʼrib chiqish, ularning oʼz funktsional vazifalarini bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish boʼyicha tizimli choralar koʼrish toʼgʼrisida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼiga takliflar kiritish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlari, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
«Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tizimida korruptsiyaning va boshqa qonun buzilishlarining oldini olish choralarini koʼrish, shuningdek, huquqlar va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʼli bilan ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼiga davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish boʼyicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʼzaro hamkorlikni samarali tashkil etish, ularning faoliyatida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarining faol ishtirokini yoʼlga qoʼyish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlari oʼz vaqtida va toʼliq koʼrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
24. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining tarkibiy boʼlinmalari rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
tarkibiy boʼlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʼlinmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;
oʼz vakolatlari doirasida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish;
prognoz koʼrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va tarkibiy boʼlinmalar va hududiy filiallar tomonidan ushbu koʼrsatkichlarga soʼzsiz erishilishini taʼminlashga doir qoʼshimcha choralar koʼrish boʼyicha «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi oʼrinbosariga takliflar kiritish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tarkibiy boʼlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʼyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʼgʼrisida» 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʼlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʼrish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi qarorlarining, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi va uning oʼrinbosari buyruqlari va topshiriqlarining oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʼlinmalar ishlarining har choraklik rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʼrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʼlinmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam koʼrsatish;
tarkibiy boʼlinmalar faoliyati masalalari yuzasidan qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni koʼrib chiqish uchun «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy boʼlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyishda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi oʼrinbosariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, layoqati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlari yuqori darajasining kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʼrish, tarkibiy boʼlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy boʼlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining tarkibiy boʼlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʼrib chiqish va ular keyinchalik «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi tomonidan koʼrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʼyilishi) uchun viza qoʼyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Transport vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga oʼz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining topshirigʼi boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Transport vazirligida ishlab chiqishda ishtirok etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʼliq va har tomonlama koʼrib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatdan puxta ekspertizadan oʼtkazish;
xizmat safarlarini Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida boʼlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʼzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʼlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlari, tarkibiy boʼlinmalar xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
«Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi tizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʼrish, shuningdek, huquqni qoʼllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼiga davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish boʼyicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʼzaro hamkorlikni samarali tashkil etish, ularning faoliyatida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarining faol ishtirokini yoʼlga qoʼyish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlarini oʼz vaqtida va toʼliq koʼrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
25. Quyidagilar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʼlinmalarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Transport vazirligi va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hujjatlari va qarorlari bilan yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti faoliyati bilan bogʼliq prognoz koʼrsatkichlarga erishishni soʼzsiz taʼminlash boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligi qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʼyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʼgʼrisida» 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʼlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʼrish;
Transport vazirligi va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining buyruqlari, qarorlari va topshiriqlarini oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʼyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʼzaro hamkorlik qilish;
hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilotning mansabdor shaxslari vakolatlarini, ularning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotiga kadrlarni tanlab olish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
boʼsh lavozimlarga tavsiya etilgan kadrlarning kasbiy mahorati, layoqati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlari yuqori darajasining kafolatlatlanganligini taʼminlash;
hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot xodimlari tomonidan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
«Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilotida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʼrish, shuningdek, huquqni qoʼllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz koʼrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish va «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti tomonidan mazkur koʼrsatkichlarga soʼzsiz erishilishini taʼminlashga yoʼnaltirilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar koʼrish yuzasidan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyatiga takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʼzaro hamkorlikni samarali tashkil etish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlarini oʼz vaqtida va toʼliq koʼrib chiqish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti xodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga ustamalar, moddiy yordam puli toʼlash, ularni mukofotlash, ragʼbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy choralar qoʼllash toʼgʼrisida, davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlashga taqdim etish toʼgʼrisida takliflar kiritish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
6-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbarlarining javobgarligi
26. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining javobgarlik sohalari boʼyicha;
ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan oʼz funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
27. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining oʼrinbosari:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʼlinmalarida «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
mutasaddilik qilinadigan masalalarda ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining javobgarlik sohalari boʼyicha;
ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan oʼz funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
28. Markaziy apparat tarkibiy boʼlinmalarining rahbarlari:
tegishli tarkibiy boʼlinmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʼyicha;
ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan oʼz funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
29. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining rahbarlari:
hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilotga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining javobgarlik sohalari boʼyicha;
ushbu Nizomning 25-bandida belgilangan oʼz funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
7-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish
1-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyati
30. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasiga Oʼzbekiston Respublikasi transport vazirining taqdimnomasiiga koʼra, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
31. Boshliqning «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining taqdimnomasiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʼrinbosari boʼladi.
32. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʼrsatish sharoitlari boʼyicha transport vazirining oʼrinbosariga tenglashtiriladi.
33. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi boʼlmagan davrda uning vakolatlarini oʼrinbosari amalga oshiradi.
34. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
35. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilotning nizomlarini, tuzilmasini va shtat jadvalini, xodimlar sonini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlar soni doirasida tasdiqlaydi.
2-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparati tarkibiy boʼlinmalarining hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot bilan oʼzaro hamkorlik tartibi
36. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining markaziy apparati tarkibiy boʼlinmalarining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti bilan oʼzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʼlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
37. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining tarkibiy boʼlinmalari oʼz faoliyati yoʼnalishlari boʼyicha hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilot bilan oʼzaro hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotiga tarkibiy boʼlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʼyicha soʼrovlar yuboradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining faoliyatini tekshiradi, oʼrganadi va umumlashtiradi, ularni takomillashtirishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
hududiy filiallar va idoraviy mansub tashkilotning faoliyatini tashkil etish va uning natijalari toʼgʼrisidagi hisobotlar va axborot materiallari, statistika hamda boshqa maʼlumotlarni oʼrganishni tashkil qiladi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyati rejalashtirilishini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʼradi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotidan tushgan takliflarni koʼrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlashda «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining ishtirokini tashkil qiladi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʼyicha ulardan tushgan takliflarni koʼrib chiqadi.
38. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatining tarkibiy boʼlinmalari bilan oʼzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbariyati topshiriqlarining ijrosi toʼgʼrisida axborot beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarining amalga oshirilishi boʼyicha nazorat natijalari toʼgʼrisidagi axborotlarni markaziy apparatga taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʼrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish natijalari toʼgʼrisida axborot beradi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatiga oʼz ishlari natijalari toʼgʼrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparatiga tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal etishga yoʼnaltirilgan takliflarni yuboradi;
vakolatli organlar tomonidan oʼtkazilgan oʼz faoliyati tekshiruvlari natijalari toʼgʼrisida axborot beradi.
39. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi markaziy apparati tarkibiy boʼlinmalarining va uning hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkilotining oʼzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining topshirigʼiga binoan uning oʼrinbosari tomonidan koʼrib chiqiladi. Kelishmovchiliklar koʼrib chiqilgandan keyin hal etilmagan taqdirda, ular boʼyicha qaror bevosita «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼi tomonidan qabul qilinadi.
3-§. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorligi
40. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi oʼz vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qiladi.
41. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti oʼz vakolati doirasida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hududiy organlari bilan hamkorlik qiladi.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining hududiy filiallari va idoraviy mansub tashkiloti tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha «yoʼl xaritalari»ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
8-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining samadorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
42. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining samardorligi muntazam ravishda baholab boriladi.
43. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi samaradorligi va natijadorligini baholash transport vaziri tomonidan belgilanadigan «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyati samaradorligi va natijadorligining baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
44. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʼyicha:
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi rahbarlari va xodimlarini ragʼbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi faoliyatidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʼriladi.
45. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining moliyalashtirilishi va moddiy-texnik taʼminoti, uning xodimlari mehnatiga haq toʼlash va ularni moddiy ragʼbatlantirish
46. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasining moliyalashtirilishi va moddiy-texnik taʼminoti Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʼlar hisobidan amalga oshiriladi.
47. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlariga Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi (YaTS) boʼyicha mehnatga haq toʼlash, moddiy ragʼbatlantirish shartlari tadbiq etiladi.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlariga temir yoʼl transporti xodimlari uchun ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, xizmat safarlarida temir yoʼl transportidan muntazam imtiyozli foydalanish boʼyicha nazarda tutilgan huquq va imtiyozlar tadbiq etiladi.
48. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlari mehnatini ragʼbatlantirish, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida xodimlarga uy-joy, avtotransport vositalarini xarid qilish uchun kreditlarni rasmiylashtirishda boshlangʼich badalni toʼlash uchun Transport vazirligi bilan kelishilgan holda, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan foizsiz qarzlar, shuningdek, mehnat taʼtili paytida — bir yilda koʼpi bilan bir marta temir yoʼl transportidan bepul foydalanish imtiyozini berish huquqiga ega.
«Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlari lavozim maoshlariga mehnatni ragʼbatlantirish tusidagi oylik qoʼshimcha haq va ustamalar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi boshligʼining buyrugʼiga muvofiq toʼlanadi.
49. «Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mehnatga haq toʼlash jamgʼarmasining va transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʼarmasining mablagʼlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʼalar «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi xodimlari mehnatiga haq toʼlash va moddiy ragʼbatlantirishning manbalari hisoblanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
50. «Oʼztemiryoʼlnazorat» inspektsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

 

04.08.2023  Chop etish